MANTIQ MAYDONI (11-2014)

1. Ketma-ketlik

Quyidagilardan qaysi biri ushbu ketma-ketlikka tegishli emas?

Mantik 1.jpg

 

2. Soyabon

Uch semiz ayol bitta kichik soyabon ostida turishibdi. Shunga qaramay, ulardan hech biri ho‘l bo‘lmayapti. Buning sababi nima?

 

3. Tiqilib qolgan yuk mashinasi

Ustiga to‘ldirib yuk ortilgan mashina ko‘prik ostidan o‘tayotganda tiqilib qoldi. Ustiga ortilgan yuk og‘ir va juda ko‘p bo‘lgani sababli uni tushirib, yana qaytadan ortish anchagina qiyinchilik tug‘diradi. Yuk tashuvchilar yukni tushirmasdan ko‘prikdan qanday o‘tib olishlari mumkin?

 

4. Suv trubasi

Quyidagi rasmda suv oqayotgan quvur ko‘rsatilgan. A, B, C va D bo‘laklardan qaysi birida suv tezroq oqadi?

mantik 2.jpg

 

5. Yettiburchakda harakat

Quyidagi rasmda ichi to‘la (qora) aylana soat yo‘nalishi bo‘yicha to‘rtta burchakka burilgan vaqt ichida ichi bo‘sh (oq) aylana soat yo‘nalishiga qarshi 3 ta burchakka burilmoqda. Bu aylanalar yettiburchakni necha marta aylanib chiqqach, ustma-ust tushib qoladi?

mantik 3.jpg

5. Chiziqlar soni

Quyidagi rasmda nechta chiziq chizilgan?

Mantiq.jpg

7.Yog‘ochni maydalash

Yog‘och kesadigan elektr arra 200 metrlik yog‘ochni 1 metrlik bo‘laklarga bo‘lmoqda. Agar arra 1 soniyada 4 ta bo‘lakni arralab bo‘lsa, bu yog‘ochni necha soniyada bo‘laklab bo‘ladi?

O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  “Mantiq maydoni” sahifasining javoblari
1. Bormoqchi emas.
2. Bitta, 12-sahifada.
3. Shanbani, chunki u 5 harfli so‘zlarni yoqtiradi.
4. 1, 5 va 8.
5. 1500
6. Otlarni almashtirib minishadi.
7. Idishlarni suvga to‘ldirib, ularni diagonali gorizontal bo‘lgunga qadar egishadi. Shunda har bir idishning yarmicha suv qoladi va ularning yig‘indisi to‘rt bo‘ladi.
8. Bit
 
 
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments