VTS OLIMPIADASI. Yakuniy boshqich haqida

Nihoyat, olti oylik saralash bosqichi yakunlanib, 11-may kuni “Navoiy” abituriyentlarni tayyorlash markazida VTS olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yakuniy bosqichga texnika, iqtisod va tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib olgan abituriyentlar taklif etildilar.

Olimpiadani gazetamiz bosh muharriri Mansur Siddiqov ochiq deb e’lon qildi. Shundan so‘ng qatnashchilar olimpiada shartlari bilan tanishtirildi va xonalarga taklif etildi. 

Yakuniy bosqichga ijtimoiy yo‘nalishdan hech kim taklif etilmadi. Buning sababi saralash bosqichidagi ishtirokchilarning tartibsizligi va to‘plangan o‘rtacha ballarning pastligi edi.  

Texnika yo‘nalishi bo‘yicha taklif etilgan besh nafar abituriyentdan to‘rttasi markazimizga yetib keldi. Albatta, ishtirokchilarning kamligi ballarga va raqobatga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Shunga qaramay, ishtirokchilar ilk uch o‘rinni egallash uchun o‘zaro bellashishdi. Ushbu yo‘nalishda o‘rtacha ball 128,8 ballni tashkil etdi. Yo‘nalish g‘oliblari esa quyidagi jadvalda keltirilgan:

 

 

 

 

Ism va familiya

Ona tili

Matematika

Fizika

Umumiy

 

soni

koef

balli

soni

koef

balli

soni

koef

balli

1

Davron Razzakov

4

1,1

4,4

33

3,1

102,3

21

2,1

44,1

150,8

2

Fotihxo‘ja Mahmudxo‘jayev

10

1,1

11,0

32

3,1

99,2

8

2,1

16,8

127,0

3

Dilnoza Bobonazarova

14

1,1

15,4

29

3,1

89,9

9

2,1

18,9

124,2

 

Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha yetti nafar abituriyent ishtirok etdi. Bu yo‘nalish g‘olibi saralash bosqichidagi ballarining haqiqatga yaqin ekanligini amalda isbotlay oldi. Amalda esa o‘z ta’qibchilaridan 18 ballga o‘zib ketdi. Uning to‘plagan balli barcha ishtirokchilar ichidagi eng yuqori ball bo‘ldi.

Iqtisodiyot yo‘nalishining o‘rtacha balli 152,7 ni tashkil etdi. G‘oliblarni esa quyidagi jadvaldan bilib olishingiz mumkin:

 

Ism familiya

Ona tili

Matematika

Ingliz tili

Umumiy

soni

koef

bali

soni

koef

bali

soni

koef

bali

1

Komil Hakimov

27

1,1

29,7

31

3,1

96,1

34

2,1

71,4

197,2

2

Rahmon Usmonov

12

1,1

13,2

34

3,1

105,4

29

2,1

60,9

179,5

3

Musulmon Malikov

14

1,1

15,4

29

3,1

89,9

28

2,1

58,8

164,1

 

Tibbiyot yo‘nalishida saralash bosqichi boshqa yo‘nalishlarga nisbatan ancha qizg‘in kechdi. Saralash  bosqichidagi o‘tish ballining boshqa yo‘nalishlarnikiga qaraganda ancha yuqoriligi ham fikrimizga isbot bo‘la oladi. Afsuski, yakuniy bosqichdagi natijalar saralash bosqichidagi jadvaldan ancha farq qildi. Yakuniy bosqichda ishtirok etgan 14 nafar abituriyentdan faqatgina birinchi o‘rinni olgan abituriyentgina saralash bosqichidagi o‘tish ballidan ko‘proq ball to‘play oldi. Tibbiyot yo‘nalishidagi ishtirokchilarning o‘rtacha balli 120,8 ni tashkil etdi.

Undan tashqari, ushbu yo‘nalishda qonun-qoidalarga amal qilmaslik, qimmatli ballardan, natijada sovrinli o‘rinlardan ham mahrum qilishi isbotlandi. G‘oliblar jadvali esa quyida keltirilgan:

 

 

Ism familiya

Ona tili

Biologiya

Kimyo

Umumiy

soni

koef

balli

soni

koef

balli

soni

koef

balli

1

Davlatbek Aktamov

22

1,1

24,2

33

3,1

102,3

28

2,1

58,8

185,3

2

Ismatilla Hakimov

13

1,1

14,3

34

3,1

105,4

18

2,1

37,8

157,5

3

Bahodir To‘raqulov

16

1,1

17,6

32

3,1

99,2

18

2,1

37,8

154,6

 

Saralash bosqichidagi natijalar yakuniy bosqichdan farq qilishi tabiiy: gazetadagi testlarni yechish uchun 10 kun muhlat berilgan bo‘lsa, yakuniy bosqichda 3 soat ichida barcha savollarga javob berish lozim edi. Undan tashqari, final bosqichida test tuzuvchilar ham testlarni qiyinroq qilishganini inkor etishmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ballar bunchalik keskin farq qilmasligi lozim edi.   

Abituriyentlarning to‘plagan ballari abituriyent.uz saytida to‘lig‘icha keltirilgan. Yakuniy bosqichdagi testlarni esa o‘quvchilarimiz gazetamizning 10-sonida yechib ko‘rishlari va o‘zlari xulosa qilishlari mumkin. 

Azimjon MAHMUDOV

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments