QIZIQ HOLATLAR

Jazo

Ikki o‘quvchi o‘zaro urishayotgani sababli o‘qituvchisi ularni jazolashga qaror qilibdi  va ularga ellik martadan o‘z ismlarini yozishni topshiribdi. 

O‘quvchilardan biri bu holga o‘z e’tirozini bildiribdi: 

– Ustoz, bu adolatsizlik-ku!

– Nimasi adolatsizlik?

– Uning oti Ali, meniki esa Abdurazzoq.

 

Muhandis va boshqaruvchi 

Katta bir shirkatning boshqaruvchilaridan biri New York shtati ustidan havo sharida sayrga chiqibdi. Sayr davom etarkan kompasi qo‘lidan tushib ketibdi. Qo‘nish uchun munosib yer qidirar ekan, osmono‘par binolarning birida derazadan tashqarini tomosha qilib turgan odamni ko‘rib qolibdi. U odamning oldigacha pasayib tushibdi va so‘rabdi: 

– Kechirasiz. Men qayerdaman, ayta olmaysizmi?

– Yerdan 500 metr balandlikda, havo sharining ichidasiz.

Boshqaruvchi biroz asabiylashib debdi: 

– Siz muhandismisiz?

– Ha, faqat qayerdan bildingiz?

– Chunki boshimda tashvishim bor, sizdan savol so‘rayapman. Siz bo‘lsa, aniq va to‘g‘ri javob aytyapsiz, lekin bu javobning menga aslo foydasi yo‘q.

– Siz ham boshqaruvchi bo‘lsangiz kerak-a?

– Ha, siz buni qayerdan bildingiz?

– Chunki boshingizda tashvishingiz bor, yerdan 500 metr balandlikda yo‘lingizni yo‘qotib qo‘ygansiz, kompasingiz yo‘q, qayerdaligingizni bilmaysiz. Lekin bunga men aybdorman!

 

Pechka trubasi

Fizik, matematik, kimyochi, geolog va antropologdan iborat hay’at tadqiqot uchun bir o‘rmonda ish olib borishayotgan edi. Birdaniga qattiq yomg‘ir boshlanib qolibdi. Eng yaqin uyga borib, uy egasidan boshpana so‘rashibdi. Uy egasi mehmonlarga dasturxon tuzatish maqsadida ular o‘tirgan uydan chiqib ketibdi. Tadqiqotchilarning diqqati pechka ustiga jamlangan edi. Pechka yerdan bir metr balandlikda, ostiga toshlar terilgan edi. Pechka nega bunday qurilgani haqida tortishuv boshlanibdi.

Kimyochi: Odam pechkani ko‘tarib, aktivatsiya energiyasini kamaytirgan, natijada pechkada yonish jarayoni tezroq kechadi.

Fizik: Uy egasi pechkani yuqoriga ko‘tarib, issiqlikning konveksiya usuli orqali tezroq tarqalib, uyni tezroq isitishni rejalashtirgan.

Geolog: Bu yer – seysmoaktiv hudud. Zilzila sodir bo‘lganda pechka ichidagi olovni toshlar ustiga tushishini ta’minlab, yong‘in sodir bo‘lish ehtimolligini kamaytirgan.

Matematik: Pechka xonaning geometrik markaziga qurilgan. Shu shaklda xonaning har qismini bir tekisda isishi maqsad qilingan.

Antropolog: Ibtidoiy jamoalarda olovga sig‘inish odati bor edi. Shu odatga, oz bo‘lsa-da, hurmat ko‘rsatish maqsadida olovni yuqoriga ko‘targan.

Shu vaqt uy egasi kirib qolibdi va undan pechkaning yuqoriga qurilish sababini so‘rashibdi. Odamning javobi hammanikidan boshqacha edi: - Truba yetmay qolgandi.

 

0 ta izoh

There are no comments