MEN TALABA BO‘LMAYMAN!

04-5.jpg

Talabalik –professional hayot yo‘limizning bir bosqichi, ya’ni kasb karyerasi sari yetaklovchi bir qadam. Talabalikka erishish talaba bo‘lishdan ko‘proq mehnat talab qiladi. Ko‘proq zahmat talab qiladi. 

Abituriyent bo‘lma-gan, talaba bo‘lmagan tengdoshlaringizning hayoti siznikidan ko‘ra zavqliroq, qiziqarliroq kechadi. Ular o‘ynab-kulib yuradi, televizorlardagi barcha futbol-u seriallarni qoldirmay ko‘rayotgan vaqtda siz kitobdan boshingizni ko‘tarmay dars tayyorlash bilan band bo‘lasiz. 

Ular shou-biznes bilan hamnafas, yangi chiqqan har bir qo‘shiqni yodlab olishadi, eng so‘nggi kliplardan bahramand bo‘lishadi. Siz esa qaysidir yulduz porlaganini-yu, yana qaysi biri so‘nganiniyam bilmay qolasiz. Odnoklassniki, facebook, twitter… Bularni sanab adog‘iga yeta olmaysiz.  

Shuncha narsani ko‘rib turgan yosh yigit yoki qizning talaba bo‘lishdan ko‘ra mazza qilib yashashni tanlashi tabiiy. Kun bo‘yi mehnat qayoqda-yu, o‘yin-kulgi qayerda?! Albatta, bu ikki holni solishtirgan abituriyent “Men talaba bo‘lmayman” deb yuboradi. 

Bu mavzuda chumoli va ninachi haqidagi masalni eslash kifoya. Uni bu yerda yozishimiz shart emas, har holda. Lekin ular bilan sizning orangizdagi farq juda ham tez namoyon bo‘ladi. Yillar juda tez o‘tadi, juda qisqa vaqt ichida kimning aslida kim ekanligi ma’lum bo‘ladi. Oradan besh yil o‘tgach, o‘sha tengdoshingiz bilan suhbatlashsangiz, dunyoqarash-u fikrlash orasidagi farqni o‘zi juda katta bo‘ladi. Afsuski, u farqni o‘sha tengdoshingiz sezmaydi.  

Hozirgi kunda yallo qilib yurgan do‘stlaringiz o‘sha paytda dunyo g‘am- tashvishlaridan, hayotning qiyinchiliklaridan shikoyat qilib yurganda, siz o‘z oilangiz bilan baxtli hayot gashtini surasiz.

Albatta, hayotda baxtli yashash uchun oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lish shart emas. Bunga muqobil qaysidir hunarni yaxshilab o‘rganish mumkin. Hunar ham aslida kasb. Lekin uni o‘rganish uchun ham nechadir yil sarflanadi. Hunar o‘rganish va talabalik teng qiymatli ishlar hisoblanadi. Muhimi -  ulardan birini tanlab, oxiriga qadar shu ishning ustasi bo‘lib yetishish. 

Hayotdan shikoyat qilayotgan odamlarga e’tibor bersangiz, yo biron hunarni o‘rganmagan, yoki oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lmagan odamlar bo‘lishadi. Kam bo‘lsa-da, OTMni tugatib bo‘lsa-da, ish topolmay yurgan tanishlaringiz bormi? Ular sizni yo‘ldan ozdirmoqchimi? 

Hech hayajon-lanmang. Ular talabalik vaqtida o‘z kasbini sevib o‘rgangan bo‘lganda, hozir shikoyat qilmayotgan bo‘lardi. Aksincha, sizni ham talabalik sari chorlardi. Siz omad-sizlikka uchragan odamlar bilan emas, balki yuqori natijaga erishgan odamlar bilan suhbatlashing. Ana o‘sha odamlar sizlarni talaba bo‘lishingiz uchun eng zo‘r motivatsiyalar hisoblanishadi.  

Qaysidir chet bir qishloqdan kelib, juda katta natijalarga erishgan odamlarni topish juda ham oson. Ularning hozirgi hayoti har kimning havasini keltiradi. Lekin ularning bu darajaga yetib kelgunga qadar bosib o‘tgan yo‘llari esa o‘rnak desa degulik.

Aslida, bu mavzu hozir ko‘tariladigan mavzu emas. Aniqrog‘i, o‘quv yili boshida yozilishi kerak bo‘lgan mavzu. Faqat bahor faslida mavzularning qiyinlashishi, charchoq-larning ortishi aksariyat abituriyentlarni o‘qishdan sovitib yuboradi. Shu kunlardan eson-omon o‘tib olganlargina finish chizig‘iga yetib borishadi. 

Tong otishidan biroz oldin tun eng qorong‘u, eng zimiston ko‘rinishni oladi. Birozdan so‘ng esa shafaq ko‘rinib, kun yorishadi. Siz ham qiyinchilikka duch kelgan vaqtingizda shu narsani o‘ylang. 

 Azimjon MAHMUDOV

4 ta izoh

4 ta izoh

  1. Gravatar

    Abituriyetlar uchun bu fikir ancha dalda beradi men baribir talaba bo'laman biz baribir talaba bo'lamiz degan xolda olg'a!

  2. Gravatar

    Bunday fikrlar har qanday darslardan charchagan abituriyentlar uchun ruhiy madad bo'la oladi.

  3. Gravatar

    Bunday fikrlar har qanday darslardan charchagan abituriyentlar uchun ruhiy madad bo'la oladi.

  4. Gravatar

    Bunday fikrlar har qanday darslardan charchagan abituriyentlar uchun ruhiy madad bo'la oladi.