MANTIQ MAYDONI (8/2014)

1. Simyog‘ochlar soni

Uzun yo’l bo’ylab ketma-ket 12 ta simyog‘och o’rnatilgan. Simyog‘ochlar orasidagi masofa 1 km. Birinchi va o‘n ikkinchi ustunlar orasidagi masofa necha km?

 

2. Eskalatordagi vaziyat

Metroning eskalatori (o‘ziyurar zina) dan ikki kishi  ko‘tarilishmoqda. Ulardan biri tezroq, ikkinchisi sekinroq yurib chiqmoqda. Ularning qaysi biri zina pillapoyalarini ko‘proq bosib o‘tadi?

 

3. Olma bo‘lishish

5 ta olma bor. Ularning birortasini ham 6 ta bo’lakka bo’lmasdan 6 kishiga teng qilib taqsimlash kerak. Qanday?

 

4. Gugurt cho‘plar

Rasmdagi birgina gugurt cho‘pning o‘rnini almashtirib, tenglikni to‘g‘ri shaklga keltiring.

mantik savol.jpg

 

5. Do‘konda

Do‘konda limonad (idishi bilan birga) 300 so‘mga sotilmoqda. Uning idishi qaytib berilsa, 200 so‘m qaytim olinadi. 1000 so‘m puli bo‘lgan bir necha o‘quvchi do‘kondan limonad olib ichishmoqchi. Bu pulga nechta o‘quvchi limonad ichishi mumkin? (Agar pul limonadni idishi bilan sotib olishga yetmasa, limonad berilmaydi. O‘quvchilarda eski limonad idishi yo‘q.)

 

6. Daryoni kesib o‘tish

Ota, ona va ikki yosh bola daryo qirg’og’iga kelishdi. U yerda bir dona qayiq bo’lib, u bir katta kishini yoki ikki yosh bolani ko‘tara oladi. Bu oila daryodan qanday kesib o‘tishadi? ( Narigi qirg‘oqqa o‘tgan qayiqni kimdir qaytarib olib kelishi lozim.)

 

7. Telefon klaviaturasi

Quyidagi rasmda zamonaviy telefonlarning klaviaturasi keltirilgan. Ushbu rasmda qaysidir harf ikki marta yozilgan. Bu qaysi  harf va uning o‘rnida qaysi harf bo‘lishi lozim?

Screenshot_2014-03-24-13-25-24.jpg
 
O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari
1. 6255
2. Sanalarni ifodalash uchun 0, 1 va 2 raqamidan ikkitadan kerak, boshqa raqamlardan bittadan bo‘lishi yetarli. 01 dan 09 gacha sonlarni yasash uchun ikki kubda ham 0 bo‘lishi kerak. 9 raqami kerak emas, sababi 6 ni teskari o‘girsa, 9 hosil bo‘ladi. Shu sababli kublarda quyidagicha bo‘lishi mumkin: 0, 1, 2, 3, 4, 5     0, 1, 2, 6, 7, 8. Kublar raqamlar boshqacha kombinatsiyada ham bo‘lishi mumkin. Muhimi, ikkita 0, 1 va 2 raqamining ishlatilishi.
3. Birinchi ipni ikki tarafidan, ikkinchisini bir tarafidan yoqamiz. Birinchi ip to‘liq yonib bo‘lganida yarim soat o‘tgan bo‘ladi va ikkinchi ipning yarim soatlik qismi yonib bo‘ladi. Shunda ikkinchi  ipning ikkinchi tarafi yoqilsa, 15 daqiqada yonib bo‘ladi. Umumiy holda, 45 daqiqada ikki ip yonib bo‘ladi.
4. O‘rtoqlar uch soatda uchrashishadi. Tezligi 18 km/soat bo‘lgan qushcha bu vaqtda 54 km masofani bosib o‘tadi.
5. A kalitni yoqib 10 daqiqa kutib turing. Keyin uni o‘chirib B kalitni yoqib yuqoriga chiqing. Agar chiroq yonib turgan bo‘lsa, B kalit yoqadi. O‘chiq bo‘lsa-yu, issiq bo‘lsa, A kalit, ham o‘chiq, ham sovuq bo‘lsa, unda C kalit chiroqni yoqadi.
6. 24/7 soatda
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments