MANTIQ MAYDONI (7/2014)

1. Ketma-ketlik

12=21               24=82

39=273             416=644

525=?

 

 

2. Sana kublari

Ofis menejeri sanalarni ko‘rib turish uchun ikki kubdan foydalanadi. Kublarning har bir tarafida bittadan raqam yozilgan. Ikki kubni yonma-yon qo‘yilganda ofis menejeriga qarab turgan son o‘sha kungi sanani ko‘rsatadi. Masalan, oyning 13-kunida birinchi kubda 1 raqami, ikkinchisida 3 raqami bo‘ladi.

Oyning har bir kunini ifodalash uchun shu ikki kubning har bir tomonida yozilgan raqamlarni toping.

Eslatma: Sanalarni ifodalashda ikki kubni ham ishlatish shart. Ya’ni 3–sanani ko‘rsatish uchun menejer 03 sonini ko‘rishi kerak.

 

3. Vaqt o‘lchovchi iplar

Sizning qo‘lingizda ikki ip bor. Ularning har biri bir soatda yonib bo‘ladi. Lekin yonishi bir tekisda davom etmaydi. Ya’ni ipning yarmi yarim soatda yonib bitmasligi mumkin. Shu iplardan foydalanib, 45 daqiqani qanday hisoblash mumkin?

 

4. Harakatchan qush

Ikki o‘rtoq bir-birlaridan 36 km uzoqlikda joylashishgan. Ular velosipedda bir-biriga qarab 6 km/soat tezlik bilan harakat boshlashdi. Bolalardan birida to‘tiqush bo‘lib, ular harakat boshlaganida 18 km/soat tezlik bilan ikkinchi bola tomon uchib boradi, u bilan uchrashib, yana ortga qaytib egasi oldiga keladi, keyin yana ikkinchi bola tomon uchib ketadi…

Shu zaylda qushcha ikki o‘rtoq uchrashguncha borib-kelib yursa, lami necha km masofani uchib o‘tadi?

 

5. Kalitlar

Ikki qavatli uyning ikkinchi qavatida elektr chiroq o‘rnatilgan bo‘lib, u chiroq pastdagi kalit orqali boshqariladi. Pastki qavatda esa 3 ta kalit bo‘lib, ulardan biri yuqoridagi chiroqni yoqadi, narigi ikkitasi hech qanday vazifa bajarmaydi.

Quyidagi shartlar asosida siz qaysi kalit yuqoridagi chiroqni yoqishini aniqlashingiz lozim:

1. Siz istalgan kalitni yoqishingiz yoki o‘chirishingiz mumkin.

2. Siz bir marta yuqoriga chiqishingiz mumkin, faqat chiqib tushgandan so‘ng kalitlarni o‘chirib-yoqish imkoni berilmaydi.

3. Siz turgan joydan chiroqni ko‘ra olmaysiz va hech bir teshikdan chiroq yorug‘ligi ko‘rinmaydi.

 

6. Suvda suzish

Odam qayiqda oqim bo‘ylab 3 soatda, oqimga qarshi 4 soatda ma’lum bir masofani bosib o‘tadi. U turg‘un suvda shu masofani qancha vaqtda bosib o‘ta oladi?

 

 

7. Rasmdagi mantiqiy xatolikni toping.

cartoon-desert-11.jpg

O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari

1. Sharlarni beshburchak yulduzchalarning uchiga hamda chiziqlar kesishgan yerlarga joylashtirish lozim.

2. 3 ta. 111, 111, 111
3. Ukasi 97 metr yugurganida akasi unga yetib oladi. Keyingi uch metrda esa akasi ukasidan o‘zib ketadi.
4. 2 marta
5. Abror o‘g‘rilagan. Javlon, Rustam va Ne’mat to‘g‘ri gapirishmoqda.
6. 2004-yilda Whatsapp tarmog‘i hali tashkil etilmagan edi.
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments