AMALDA SINAMANG!

Ikki o‘rtoq uzoq suhbatdan so‘ng tortishib qolishdi. Ulardan biri 100 Vattlik lampochkani (uyimizdagi oddiy lampochka) og‘ziga tiqa olishini isbotlamoqchi edi. 

Nihoyat, yigitlardan biri lampochkani og‘ziga suqibdi. Og‘izga suqishda hech qanday muammoga duch kelmagan bo‘lsa-da, uni qaytarib chiqarish …

Qanchalik urinishmasin, lampochkani sug‘ura olishmabdi. Holatni yaxshi tushunmagan ikkinchi o‘rtoq, men ham chiqara olmasmikanman, deya boshqa lampochkani og‘ziga suqibdi va u ham lampochkani chiqara olmabdi. 

Nihoyat, ular doktorga borishga qaror qilishibdi. Uydan

chiqib taksi haydovchisiga doktor huzuriga borishni bir amallab tushuntirishibdi. Axir, og‘izda lampochka turganda tilni aylantirish osonmi?

Taksi haydovchisi yo‘l bo‘yi kulgidan o‘zini tiyolmay, yigitlarni mazax qilibdi. Yigitlar kasalxonada navbatda turishar edi. Oradan biroz o‘tgach, kasalxona eshigida boyagi taksi haydovchisi ko‘rindi va uning og‘zida ham lampochka turar edi.

U yigitlarning holini yaxshiroq tushunish uchun eng yaqin do‘kondan lampochka olib, amalda sinab ko‘rgan edi…

 

0 ta izoh

There are no comments