SAVOLLARGA AJOYIB JAVOBLAR

– Qaysi qonun insonlarni ayblamaydi?

– Butun dunyo tortishish qonuni.

 

– Bir odam quyosh chiqadigan tomonga - sharqqa qarab tursa, orqa tarafida nima joylashadi?

– Soya.

 

– Ovchilar nishonga olayotganda nega bir ko‘zlarini yumib olishadi?

– Ikki ko‘zlarini yumib olsalar, hech narsani ko‘ra olmaydilar-da.

 

– Odamxo‘rlar samolyotni qanday nomlashadi?

– “Odam konservasi”.

 

– O‘t o‘chiruvchilar nega qizil kamar taqishadi?

– Shimlari tushib ketmasligi uchun.

 

Status.jpg

– Qirol o‘lgandan so‘ng o‘g‘li nima bo‘ladi?

– Yetim.

 

– Laylak nega bir oyoqda turadi?

– Chunki ikkinchisini ham ko‘tarsa, yiqilib tushadi-da.

 

– Qaysi savolga “ha” deb javob bera olmaymiz?

– Uxlayapsanmi?

 

– Yirtqich hayvonga qanday qaraladi?

– Uzoqdan.

 

– Amerika qurolli kuchlarida eng katta shapkani kim kiyadi?

– Boshi eng katta bo‘lgan askar.

 

– Napoleon o‘zining nechanchi jangida halok bo‘lgan?

– So‘nggisida.

– Bir odam tun yarmida yotog‘i atrofida yugurib yurgan ekan. Nega?

– Uyqusi qochib ketgan ekan, shuni ushlamoqchi bo’lsa kerak.

 

– Idoralarda ko‘tarilishning eng oson yo‘li qanday?

– Liftga chiqish.

 

– Qaysi mashhur kurashchi harakatlanayotgan poyezdni bir qo‘li bilan to‘xtata oladi?

– “Stop kran”ni ko‘targan kurashchi.

 

– Ritsarni tutib olgan arslon nimaga ehtiyoj sezadi?

– Konserva ochqichga.

 

0 ta izoh

There are no comments