MIS TANGA

Kunlarning birida yosh bola ko‘chada o‘ynab yurib, yerdan mis tanga (1 sentlik) topib oldi. U pul topib olganidan juda ham xursand bo‘lib, bundan ichiga sig‘mas edi. Bu topilma uning uchun juda-juda qadrli bo‘lib qoldi. Mis chaqa topib olganidan ta’sirlangan bolakay yerdan xazina qidirib, doimo boshini pastga egib, ko‘zlarini katta-katta ochib yuradigan bo‘ldi.  

U butun umri davomida 296 ta mis tanga, 48 ta nikel tanga (2 sentlik), 19 ta 10 sentlik, 16 ta 25 sentlik, 2 ta 50 sentlik tangalar va bir dona g‘ijimlangan bir dollarlik qog‘oz pul topdi. Uning umumiy xazinasi 13 dollar-u 69 sentni tashkil etdi. Biroq uning to‘plagan puliga arzirli hech narsa bermas edi…

Kamiga, u 31 369 marta quyoshning botish go‘zalligini, 157 bor kamalakning  rangli tovlanishini, yuzlab zarang daraxtining kuzda olovday tovlanishini ko‘ra olmadi. U hech qachon oppoq bulutlarni zangori osmonda kezishini ko‘rmadi. Ularning turli shakllarda ko‘rinishini his qila olmadi. Uning xotirasidan qushlarning sayrashi, quyoshning nur sochishi, yaltirashi va atrofidagi yuzlab odamlarning tabassumlari o‘rin ololmadi…

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments