MANTIQ MAYDONI (6/2014)

1. Sharlarni joylashtirish

10 ta sharni 5 ta chiziq bo‘yicha shunday joylashtiringki, har bir chiziqda 4 tadan ortiq ham, kam ham bo‘lmagan miqdorda sharlar joylashsin.

 

2. Navbatdagi o‘rdaklar

Navbatda bir necha o‘rdaklar turibdi:

- ulardan ikkitasi oldinda;

- ikkitasi esa orqada;

- bittasi o‘rtada.

Savol: navbatda nechta o‘rdak turibdi?

 

3. Musobaqa

Ikki aka-uka 100 metrlik masofaga yugurishmoqda. Akasi bu marraga yetib kelganida ukasi 97 metr yugurgan edi. Aka musobaqani 3 metr orqadan boshlasa, keyingi yugurishda marraga kim oldin yetib keladi? (Ular bir xil tezlik bilan yugurishadi deb hisoblansin.)

 

4. Tunneldagi odam

Bir odam poyezd tunneli bo‘ylab yura boshladi. U tunnel uzunligining to‘rtdan bir qismini bosib o‘tganida orqadan poyezd signali eshitildi. Siz poyezd qancha uzoqlikda ekanligini bilmaysiz. Odamning tezligi ham, poyezdning tezligi ham bizga qorong‘u. Lekin ayon bo‘lgan ikki narsa bor: 

1. Odam ortga o‘girilib, o‘zi kelgan yo‘nalishda yugursa, poyezddan zo‘rg‘a qutulib qoladi. Ya’ni u tunnel og‘zidan chiqishi bilan poyezd tunnelga kirib ketadi.

2. Agar to‘g‘riga harakatlanishni boshlasa ham,  odam poyezddan tunnelning narigi chiqishida amal-taqal qutulib qoladi. 

Agar poyezd ham, odam ham bir xil tezlikda harakatlangan bo‘lsa, poyezdning tezligi odamnikidan necha marta katta?

 

5. Konfetni kim oldi?

Tushlik vaqtida besh o‘quvchi maktab oshxonasiga kirishdi. O‘quvchilardan biri konfetning pulini to‘lamay olib ketdi. Voqea maktab direktoriga yetib borgach, direktor bu besh o‘quvchini so‘roq qildi va ulardan quyidagi javoblarni oldi:

Rustam: “Men ham, Ne’mat ham olmadik”.

Javlon: “Rustam yoki Abror oldi”.

Abror: “Rustam ham, Javlon ham yolg‘on gapiryapti”.

Doston: “Abrorning gapi noto‘g‘ri, ulardan biri yolg‘on gapiryapti, ikkinchisi esa haqiqatni aytdi”.

Ne’mat: “Doston gapirayotgan gap noto’g‘ri”.

Direktor sinf rahbaridan bu besh bola haqida fikr so‘raganida, bu bolalardan uchtasi doimo haqiqatni so‘zlashini, narigi ikkitasining har bir gapi yolg‘on ekanligini aytdi. Sinf rahbarining gaplari to‘g‘ri ekanligini inobatga olib, konfetni kim o‘g‘irlaganini toping.

 

6. Rasmdagi mantiqiy xatolik

Quyida Whatsapp tarmog‘ida bo‘lib o‘tgan suhbat keltirilgan. Ushbu rasmda qanday mantiqiy xatolik yuz bergan? Orfografik yoki grammatik xatoliklar nazarda tutilmagan.

Whatsap.jpg
O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari
1. Qurbaqa o‘lgan. O‘limdan so‘ng unga quruqlikka yetib olish muhim emas.
2. Ona ho‘kiz bo‘lmaydi, sigir bo‘ladi. Bola ho‘kiz esa buzoqcha bo‘ladi.
3. Mixning balandligi o‘zgarmaydi, faqat daraxtdagi o‘rni o‘zgaradi.
4. 2 qiz va bir bola, ularning ota-onasi, buva va buvi. Eng kamida 7 ta odam
5. 90
6. 12
7. Echki bo‘lsa, shoxi jingalak bo‘lmaydi, qo‘y bo‘lsa, soqoli bo‘lmaydi.
 

 

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments