MANTIQ MAYDONI (5/2014)

1. Qurbaqaga yordam

Qurbaqa ko‘lning markazida o‘lib qoldi. Quruqlikkacha hamma tomondan ham 2 km masofa bosilishi kerak. U quruqlikka qanday yetib oladi?

 

2. Qo‘rquv

Ona ho‘kiz, ota ho‘kiz va bola ho‘kiz o‘tloqda o‘tlab yuribdi. Agar bola ho‘kiz nimadandir qo‘rqib ketsa, u kimga yugurib boradi?

 

3. Daraxtga qoqilgan mix

Mahmudjon to‘qqiz yoshligida o‘z bo‘yini belgilash maqsadida daraxtga mix qoqib qo‘ydi. O‘n yildan keyin esa mixning qanday balandlikda ekanini ko‘rish uchun keldi. Agar daraxt har yili 40 smdan o‘sgan bo‘lsa, mixning balandligi qancha ortgan bo‘ladi?

 

4. Oilaviy stol

Oilaviy dasturxonga hamma yig‘ilgan. Dasturxonda bir buvi va buva, ikki ota, ikki ona, to‘rtta farzand, uchta nabira, bir uka, ikki singil, ikki o‘g‘il, ikki qiz, bir qaynota, bir qaynona va bir kelin yig‘ilgan bo‘lsa, dasturxonda kamida nechta odam bor?

 

5. Arifmetika

 

71757_591844324176741_1058184631_nA.jpg

6. Plitkali shokolad

Sizda 4x5 bo‘laklarga ajratilgan plitkali shokolad bor. Siz uni 20 ta talabaga bo‘lib bermoqchisiz. Nechta harakat bilan bu shokoladni teng 1x1 bo‘laklarga ajrata olasiz?

 

7. Rasmdagi xatolikni toping.

animal-picture-puzzle.jpg

O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari

1. Voqea tunda sodir bo‘ldi deyilmagan.

2. Hasan 28-fevral kuni tungi soat 12:00 ga yaqin tug‘ilgan, Zuhra esa 1-mart kuni 00:00 dan keyin tug‘ilgan. Kabisa yili Hasan 28-fevralda tug‘ilgan kunini nishonlagach, 29-fevral kuni o‘tib, 1-mart kuni Zuhra nishonlagan.
3. Odamlar shunday joylashishgan: Irodaning eri  Umid, Aziza, Tohir, Iroda, Jafar, Feruza
4. Undosh harflarning orqasidagi raqam yoki toq sonlarning orqasidagi harf ahamiyatsiz bo‘lgani sababli E va 7 kartochkalarning orqasini tekshirish yetarli.
5. Ikki o‘yinchida bir xil karta bor. A chillik
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments