FIDOKORLIK

Qizaloq juda kam uchraydigan jiddiy kasallikka duchor bo‘ldi. Uning sog‘ayib ketishining birgina yo‘li o‘zining besh yoshli akasidan qon olib quyilishi edi. Chunki akasi oldin shunday kasallikka chalingan va mo‘jiza sababli qutulib qolgan, uning qonida bu kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘lgan edi. Ana shu immunitet yordamida singilning hayoti ham qutqarib qolinishi mumkin edi. 

Doktor akasiga vaziyatni yosh bolalarga xos tilda tushuntirib berdi. Shundan so‘ng undan qon berishga rozimi yoki yo‘qmi – shuni so‘radi. Bola biroz ikkilanib turgach, chuqur xo‘rsindi-da: “Men qon beraman, singlimning hayotini saqlab qolishim kerak-ku!”-dedi. 

Uning qoni singlisiga o‘tkazilar ekan, yonida yotgan qizaloqning yuziga qizillik yugurganini ko‘rib, tabassum qilar edi. Jarayon nihoyasiga yetgach, tabassumi qayg‘uga aylandi. Doktorning yuziga tikilib, qaltiragan ovoz bilan so‘radi: “Doktor, men o‘lishni hozir boshlaymanmi?...” 

Yosh yigitcha doktorni noto‘g‘ri tushungan edi: singlisiga o‘z qonining hammasini berish kerak deb o‘ylagan edi.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments