TANBALLIK KODEKSI

1. Inson charchoq holda tug‘iladi, dam olish uchun yashaydi.

2. Mehnat charchatadi.

3. Tun orom uchun, kunduz dam olish kerak.

4. Yotog‘ingni juda ham sev, uni aslo tark etma.

5. Ertaga bajarish mumkin bo‘lgan ishni bugun aslo bajarma.

6. Bugunning ishini ertaga qoldirma, imkon qadar uzoqroq muddatga cho‘z.

7. Dam olayotgan odamni ko‘rganda unga yordam ber.

8. O‘tirish mumkin bo‘lgan joyda tik turma, yotish mumkin bo‘lgan joyda o‘tirma.

9. Tanballikdan hech kim o‘lmagan.

10. Mehnat istagi paydo bo‘lganda, o‘zingni bosib biroz o‘tir va bu istak seni tark etishini kut.

0 ta izoh

There are no comments