SEKINLA

Bir odam yangi “Porshe” avtomobilini sotib olibdi. U mashinasida ilk bora yo‘lga chiqibdi. Tezlikni oshirgani sayin mashina yanada yengilroq harakatlanar edi. U juda katta tezlikda qush kabi uchar, tezlik 100, 150, 200, 250 … km/soatga ortib borar edi. Birdan trassa chetidagi yo‘l belgisiga ko’zi tushdi: “Sekinla 50”. Mashina egasi norozi ohangda to‘ng‘illabdi: “Bir mazza qilib mashina haydaymiz desak, yo‘l ta’miriga duch kelganga o‘xshaymiz” . 

Tezlikni 50 km/soatga tushirib olibdi. Biroz yo‘l yurgach “Sekinla 40” degan belgiga duch kelibdi. “Bu qanaqasi!”-deya tezlikni 40 km/soatga ham tushiribdi. Shu tarzda tezlik 30, 20 va10 km/soatgacha tushibdi.

Oxirgi belgidan so‘ng haydovchi biroz yo‘l yurgach, ajoyib belgiga duch kelibdi:

“SEKINLA QISHLOG‘IGA  XUSH KELIBSIZ!”

 

0 ta izoh

There are no comments