QAYTA TUG‘ILISH

Eagle1 (1).jpg

Burgutlar parrandalar orasida eng uzun umr ko‘radigan qush hisoblanishadi. 70 yoshgacha umr ko‘radigan burgut turlari ham mavjud. Faqat buncha yil yashash uchun ular 40 yoshlarida muhim va juda ham qiyin qaror qilishlari lozim.

Burgutlar 40 yoshga yetganida tirnoqlari qalinlashib ketadi, elastikligini yo‘qotadi. Shu sababli, oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan ov qilish hususiyatini yo‘qotadi. 

Tumshug‘i uzayib ko‘ksi tomonga qayriladi. Patlari qattiqlashadi, qalinlashadi. Bundan keyin, burgutning ucha olishi ham gumon ostida qoladi. Shu sabali burgut ikki yo‘ldan birini tanlashi lozim: yo o‘limni, yoki qaytadan tug‘ilishning azobli va qiyin jarayonini.

Qaytadan tug‘ilish jarayoni 150 kungacha cho‘ziladi. Agar yashab qolishga qaror qilsa, bir qoyaga uchib boradi va uchish talab qilinmaydigan joy tanlaydi. Joyni topib olgach tumshug‘ini qoya toshlarga urib sindiradi. Tumshug‘i butunlay tushib ketgach yangi tumshuq o‘sib chiqishini kutadi. 

Tumshug‘i o‘sib chiqqach, yangi, kuchli tumshuq yordamida panjalarini yulib tashlaydi. Yana bir qancha muddat, panjalarini yana o‘sib chiqishini kutadi. Panjalari o‘sib chiqqach, eskigan patlarini yuladi. 

5 oyda burgut o‘zining keyingi 20 yil yoki undan ko‘proq umrida, hayot lazzatini bag‘ishlovchi a’zolarga ega bo‘ladi. 5 oydan so‘ng burgut o‘zining “Yangidan tug‘ilish” uchishini amalga oshiradi.

Inson hayotida zafarli yurishlarni davom ettirish uchun unga azob beradigan eski odat va hotiralardan voz kechishi lozim. Faqatgina, o‘tmishimizning keraksiz xatoliklaridan voz kecha olganimizda, tajribalarimizda yangidan tug‘ilishni amalga oshirishimiz mumkin. Ba’zan, qarorlarimiz azob bersada, yangidan tug‘ishda darak berishi mumkin.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments