O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI Xalqaro jurnalistika fakulteti

zhurnalistika.jpg

Jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti 1999-yil Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etilgan. Fakultetning asosiy maqsadi fikrlashi dunyo standartlariga mos keluvchi jurnalist kadrlarni yetkazib berish hisoblanadi. 

Jurnalist – sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni obyektiv baholay olishi, vaziyatni idrok qila olishi lozim. Xalq uchun kerakli ma’lumotlarni saralab yetkazib berish esa ularning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu sababli ushbu fakultetning talabaligiga qabul qilinadigan abituriyentlar uchun o‘ziga xos talablar qo‘yiladi. Ya’ni bu yerga hujjat topshiradigan abituriyentlar uchta fan (Ona tili va adabiyot, ingliz tili va tarix)dan tashqari, maxsus jurnalistik sinovdan o‘tkaziladi. 

Hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulgacha davom etadi. Hujjat topshirayotgan abituriyent, kerakli hujjatlardan tashqari o‘quvchilik davrida jurnal yoki gazetalarda, internet saytlarida yoki televideniyelardan birida o‘zlarinig maqola yoki ko‘rsatuvlari bilan ishtirok etgan bo‘lishlari lozim. Bu orqali abituriyentning shu sohada ishlab keta olishi, jurnalistik qobiliyatga ega ekanligi sinovdan o‘tkaziladi. Bu maqola yoki ko‘rsatuvlar soni 3 tadan kam bo‘lmasligi lozim. 

20-iyuldan keyin abituriyentlarga ijodiy imtihon sanasi e’lon qilinadi. Bu imtihon 26-avgustga qadar o‘tkazilib, natijalari e’lon qilingan bo‘ladi. Ijodiy imtihon ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda insho yoziladi, ikkinchisida esa suhbat o‘tkaziladi. 

Insho mavzusi auditoriyada konvert tanlash uslubida o‘tkaziladi. Mavzu tanlangach, auditoriyadagi barcha abituriyentlar bir mavzuda insho yozishadi. Inshoga 50 ball beriladi. 

Og‘zaki suhbat esa har bir abituriyent uchun individual tarzda o‘tkaziladi. Og‘zaki sinovda joriy davriy nashrlar, axborot tarqatuvchi manbalar haqida ma’lumotlar so‘raladi. Muhim davriy nashrlar haqida imkon qadar mufassalroq ma’lumotga ega bo‘lish tavsiya qilinadi. Bu sinovga 20 ball beriladi.

Shundan so‘ng abituriyentlar 1-avgust kuni uchta fandan test sinoviga kiradilar. Umumiy natija esa barcha OTMlari qatori 16-17-avgust kunlari e’lon qilinadi.

wTheWZyb-lNGTQp5CHi9cg-poster.jpg

Umumiy holda jurnalistika fakultetlarining maksimal balli 301,8 ballni tashkil etadi. 2013-2014- o‘quv yilida o‘tish ballari davlat granti asosida 236,8 ballni, to‘lov-kontrakt asosida esa 186,0 ballni tashkil etdi. 

Ushbu yo‘nalishni tamomlagan abituriyentlar quyidagi sohalarda ish olib borishlari mumkin: 

· davriy nashrlarning (gazeta, jurnal, ma’lumot-noma) tahririyatlarida;

· radio, televideniye, internet kabi OAV markazlarida;

· axborot agentl-iklarida;

· turli tashkilotlarning matbuot xizmatlarida.

Keyingi yillarda jahon jurnalistikasida stringer deb ataluvchi muxbirlar paydo bo‘la boshladi. Stringerlar mustaqil faoliyat yurituvchi jurnalistlar sanalib, ular voqea joylaridan, “qaynoq nuqtalar”dan reportajlar tayyorlashadi. 

Siz, abituriyentlar, Xalqaro jurnalistika fakultetiga talabalikka qabul qilinar ekansiz, o‘zingiz uchun bayram va dam olish kunlari degan tushunchalarni unutishingiz lozim. Chunki aynan shunday kunlarda voqea-hodisalarni yoritish, maqola va ko‘rsatuvlar tayyorlash sizning zimmangizda bo‘ladi.

Munisa QORABOYEVA  tayyorladi.

2 ta izoh

  1. Gravatar

    Raxmat, Farida ;-)

  2. Gravatar

    Salom Munisa. Maqola zo'rku!!!