MANTIQ MAYDONI 4-2014

1. Qop-qora

Bir odam qop-qora kiyim kiyadi: tufli, paypoq, shim, jemper, qo‘lqop va niqob – hammasi qora rangda. U barcha chiroqlari o‘chiq bo‘lgan qop-qora ko‘chadan yurib ketmoqda. U tomonga qop-qora mashina chiroqlarini yoqmasdan kelmoqda. Haydovchi bu qora odamga yaqinlashganda bir amallab mashinasini to‘xtatib oldi. Haydovchi qora odamni qanday payqadi?

 

2. Egizaklar

Bir kuni Hasan tug‘ilgan kunini nishonladi. Oradan ikki kun o‘tgach, egizi Zuhra tug‘ilgan kunini nishonladi. Ikkisi ham tug‘ilgan kunini o‘z vaqtida nishonlagan bo‘lsa, bu voqea qanday sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin?

 

3. Kim?

Kecha kechki ovqatga Iroda o‘z eri bilan birga ikki qo‘shnisini mehmonga chaqirishdi. Ularning har biri juft (er-xotin) bo‘lib tashrif buyurishdi. Oltovlon doira stol atrofida o‘tirishdi va Iroda quyidagilarni so‘ylab berdi:

  • Ja’far Azizaning chap tarafida o‘tirgan erkakning chap tarafida o‘tirgan ayolning chap tarafida o‘tiribdi.
  • Erimning chap tarafida bir ayol, uning chap tarafida bir erkak, uning chap tarafida bir ayol, uning chap tarafida bir erkak va uning chap tarafida Feruza o‘tiribdi.
  • Tohir Umidning chap tarafida o‘tirgan ayolning chap tarafida o‘tiribdi.
  • Men erimning yonida o‘tirganim yo‘q.

Savol: Irodaning erining ismi nima?

 

4. Raqamli kartochkalar

Untitled-1.jpg

Quyidagi kartochkalarning bir tarafiga raqamlar, ikkinchi tarafiga harflar yozilgan.

 

Unli harflarning orqasida juft raqamlar yozilgan yoki yozilmaganini qaysi kartochkalarning orqasini o‘girish orqali aniqlash mumkin?

 

5. Rasmdagi xatolik

Rasmdagi mantiqiy xatolikni toping.

find.jpg

O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari

1. 6-qavatda liftdan chiqib ketgan odam menman.

2. Tasavvur qilishdan to‘xtab.
3. Sukunat.
4. Nard o‘ynayotgan chog‘da.
5. Avval ikki odamxo‘r daryoni kesib o‘tadi. Biri ortga qaytib keladi. Keyin yana ikki odamxo‘r kemada o‘tib, biri qaytib keladi. Shunda narigi sohilda ikki odamxo‘r qoladi. So‘ng kemada ikki odam o‘tib, bir odam va odamxo‘r qaytib keladi. Narigi sohilda bir odam va bir odamxo‘r qoladi. Shundan so‘ng ikki odam narigi sohilga o‘tib oladi va odamxo‘rni qaytarib yuborishadi. Shu tarzda odamlar sog‘-salomat o‘tib olishadi. Odamxo‘rlar esa daryoni kesib o‘tib olishadi.
6. Tepadagi va pastdagi uchburchaklarning gipotenuzasi ikki xil og‘ishgan.
Triangle-Answer.jpg
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments