MANTIQ MAYDONI 3-2014

1. Lift

Ko‘p qavatli binoning birinchi qavatida liftning ichida mendan tashqari yana to‘rt kishi bor. Lift oltinchi qavatga chiqqach, 1 odam chiqib ketib, 3 odam liftga kirdi. 8-qavatda esa liftga yana 12 ta odam kirib oldi. Lift yuqoriga qarab harakatlana boshladi.  Ichidagi odam soni og‘irlik qilib, liftning troslari uzilib ketdi va yerga kelib urildi. Lift ichidagi barcha odam hayotdan ko‘z yumdi, lekin men tirik qoldim. Buning sababi nimada?

 

2. Yopiq xona

Tasavvur qiling, siz eshiksiz, derazasiz xonaga qamalib qoldingiz. To‘rt tarafingiz devor, sizni ichkariga qo‘yib, keyin devor urishgan. Siz u yerdan qanday chiqib ketasiz?

 

3. Mo‘rt narsa

U shunday mo‘rt narsaki, siz uning nomini aytsangiz, uni sindirib yuborasiz. Bu nima?

 

4. Ikkita besh

Ikkita besh o‘nga teng. Kimlar uchun ikkita besh yigirmani ifodalaydi? 

 

5. Odamxo‘rlar

Uchta odamxo‘r va uchta odam daryoni kesib o‘tishlari lozim. 

Daryoda birgina qayiq bor va u faqatgina ikki kishini ko‘tara oladi. Agar odamxo‘rlar soni odamlar sonidan ko‘p bo‘lib qolsa, ular odamlarni yeb qo‘yishadi. Daryoning qaysi tarafida bo‘lishdan qat’i  nazar, odamlar soni odamxo‘rlar sonidan ko‘p yoki teng bo‘lishi kerak. 

Odamlar daryoni odamxo‘rlarga yem bo‘lmasdan kesib o‘tish uchun bir reja o‘ylab topdilar. Siz ham bu rejani topa olasizmi?

 

6. Rasmli jumboq

Quyidagi rasmda bir uchburchak to‘rt bo‘lakka bo‘lingan. (1-rasmga qarang). Bo‘laklarining o‘rinlari almashtirilganda, bitta bo‘sh katak hosil bo‘lmoqda (2-rasmga qarang). Buni qanday izohlash mumkin? 

Triangle.jpg

O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari

A. 1. 6

    2. 79
    3. 13
    4. 87
 
B. 1. Ko‘zingizni.
2. 6 ta.
3. Sariq.
 
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments