MANTIQ MAYDONI 2-2014

A. Ajoyib arifmetika

1.      9=72

         8=56

         7=42

         6=30

         5=20

         3=?

 

2.    111=13

        112=24

        113=35

        114=46

        115=57

        117=?

 

3.  So‘roq belgisi o‘rnidagi sonni toping.

IMG-20140108-WA0001.jpg

 

4.  Mashina qanday raqamli yo‘lakka qo‘yilgan?

IMG-20140111-WA0000.jpg

B. Mantiqiy fikrlash

1. Mehmonlar

Siz ota-onangizdan uzoqroqdagi uyingizda uxlab yotibsiz. Birdan ota-onangiz syurpriz qilib, xabar bermay uyingizga kelib qolishdi. Uyingizda dasturxonga qo‘yish uchun konservalangan murabbo, bankada asal, non va pishloq mahsulotlari bor. Ular eshik qo‘ng‘irog‘ini chalishgach, siz birinchi bo’lib nimani ochasiz?

 

2.  Rangli koptoklar

Sumkamda rangli koptoklar bor. Ularning to‘rttasidan boshqa hammasi ko‘k, yana to‘rttasidan boshqasi qizil va to‘rttasidan boshqasi sariq. Sumkamda hammasi bo‘lib nechta koptok bor?

 

3. Dinozavrni ko‘rmadingizmi?

Uch xil rangli qutilardan birida dinozavr o‘yinchoq bor. Qutilar qizil, sariq va ko‘k.

Qizil quti: Dinozavr mening ichimda.

Sariq quti: Dinozavr mening ichimda emas.

Ko‘k quti: Dinozavr qizil qutida emas.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘pi bilan bittasi to‘g‘ri.  Dinozavr qaysi qutida?

O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari

A. 
1. C
2. D
3. A
4. B
B. 
1. 20 qavatli binoning birinchi qavatidan tushib ketgan.
2. Ichi to‘la 2-stakanni olib ichidagi suv ikkinchi bo‘sh stakanga quyiladi.
3. Ikkita. Faqat Komil ko’l tomonga ketyapti. 
4. 1-musobaqa: Bekzod, G‘afur, Adham, Murod.
2-musobaqa: G‘afur, Murod, Adham, Bekzod.
 
 

 

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments