KICHIK QALDIRG‘OCH

Qorli qish kunlaridan biri edi… 

Uyda yolg‘iz yashaydigan odamning derazasini sovuq qotgan jajji qaldirg‘och tumshug‘i bilan taqillatdi. Go‘yo u uy egasidan o‘zini ichkariga kiritishni so‘rar edi. Qushchaning istagi sovuqdan xalos bo’lish edi. Odam esa: “Bor-e, derazani taqillatsang, uyimga kiritaveramanmi?!” – debdi-yu, qaldirg’ochni haydab yuboribdi... 

Tun yarmidan o‘tgach uyqusi kelmay, yuragi siqila boshlabdi. Shamol va sovuq ortib borgan sari o‘zi haydab yuborgan qaldirg‘och xayolini egallay boshlabdi. Uni haydab yuborgani uchun afsuslana boshlabdi. “Koshki, derazamni ochsam edi… Ozgina don-dun berar edim... Bu sovuqda qush bechora nima qildi ekan?.. Uyimga fayz olib kirar edi, xonalarda uchib o‘ynab yurar edi…” 

Tong otishi bilan derazasini ochib atrofdan qushni qidiribdi. Afsuski, qushcha yo‘q edi.  

… Sovuq qish kunlari o‘tib, yana yoz fasli kelibdi. Atrofni yana qaldirg‘ochlar egallabdi. Odam esa yoz bo‘yi derazasini ochib qaysidir qaldirg‘och kirishini kutibdi. Qushlar atrofda uchar, lekin uning uyiga kirmas edi. 

Qushlarni tinmay kuzatayotganini sezgan qo‘shnisi voqeadan xabardor bo‘lgach, unga qaldirg‘ochlarning atigi 6 oy umr ko‘rishini aytibdi. Odam esa rosa afsuslanibdi. Lekin endi kech bo‘lgan edi…

Hayotda shunday fursatlar bo‘ladiki, umrimizda unga bir marta duch kelamiz. Qadrini bilmasak, bizdan bir umrga yiroqlashadi va aslo qaytib kelmaydi.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments