TUYA BILAN SICHQON

Bir kuni sichqon tuyaning yuganidan ushlab, uni o‘zi bilan ergashtirib keta boshlabdi. Tuya muloyim jonivor emasmi, indamay, to‘dasiga ham bildirmay sichqonning ortidan yurib boraveribdi. Bundan kibrlangan sichqon: “Men Alpomishday yigit ekanman-ku, shunday katta tuyani sudrab ketyapman-a”, - debdi. Garchi tuya sichqonning bu fikridan xafa bo‘lgan bo‘lsa-da, payt poylab, unga hali dars berib qo‘yarman, degan o‘y bilan yo‘lda davom etaveribdi.  

Sichqon kibr bilan, tuya sukut 

bilan yo‘l yura-yura soy bo‘yiga kelib qolishdi.  

Sichqon suvni ko‘rgach to‘xtab qoldi. U qo‘rquvdan oqarib ketgan edi.  Voqeani kuzatib turgan tuya sichqonga sezdirmaslikka harakat qilib shunday dedi: “Ey, tog‘larda, vodiylarda yuganimdan ushlab menga yo‘l ko‘rsatuvchi sohibim, nega to‘xtab qolding. Sen mening yo‘lboshlovchimsan, sen yursang, ortingdan men ham yurar edim”.

Sichqon ortga tisarilib dedi: “Bu suv juda ham chuqur, juda ham katta. Men 

bu yerda cho‘kib ketaman-ku”.

Suv tuyaning tizza bo‘yicha kelar edi. “Eee, shu tizza bo‘yi keladigan suvdan qo‘rqyapsanmi?” - deya tuya sichqonning ustidan kula boshladi.

- Tizza bilan tizzaning farqi bor. Senga chumoliday tuyulgan narsa bizga ajdarhoday tuyuladi. Sening tizzangdagi suv bizning bo‘yimizni 10 marta ko‘madi.

– Unday bo‘lsa, sen o‘zingga o‘xshagan sichqonlar bilan bo‘y o‘lchash. Tuyalar bilan bo‘y o‘lchashaman deb yosh umringni xazon qilma.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments