TOVUQMI, BURGUTMI?

Katta tog‘ tizmalaridan biriga burgut uya qurgan edi. Uning uyasida esa to‘rtta katta burgut tuxumlari bor edi.  

Kunlarning birida zilzila bo‘lib, burgutning uyasi larzaga kelibdi va tuxumlardan biri tog‘ etagidagi vodiyda joylashgan tovuq fermasiga dumalab ketibdi. Tovuqlar dumalab kelgan tuxumning burgutniki ekanligini bilishar edi, shunga qaramay, uni panohlariga olib, bu tuxumdan polapon ochib chiqarish kerak degan fikrda edilar. Shunda keksa tovuqlardan biri mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olib tuxumni kerakli muddatda bosib yotishga qaror qildi. 

Shunday qilib, tuxum yorilib, ichidan sarvqomat burgut bolasi chiqdi. Afsuski, burgut tovuqlarday o‘sishi kerak edi. Tez orada, burgut o‘zining tovuqdan boshqa narsa emasligiga ishona boshladi. U o‘z uyini va oilasini sevar edi, lekin ich-ichidan ko‘proq narsaga qodir ekanligini his qilar edi. 

Bir kuni u fermada o‘ynab yurar ekan, samoda o‘ziga o‘xshagan bir necha qushlarning uchib yurganini ko‘rdi. “Oh”, - dedi yosh burgut xo‘rsinib, - men ham shu qushlarday ucha olaman”. Bu gapga javoban barcha tovuqlar uning ustidan kula boshlashdi: “Sen tovuqsan, tovuqlar hech qachon bunday ucha olmagan, senga ham yo‘l bo‘lsin!” 

Burgut samoga termulishda davom etar, har gal uchishni orzu qilganida oilasi tomonidan qaytarilar edi. Buning natijasida unda parvoz qila olishiga bo‘lgan ishonch kun sayin so‘nib borardi. Alaloqibat, u burgutlik orzusidan voz kechib, tovuqlarday yashashga ko‘nikib qolibdi.   

Qissadan hissa shuki, inson o‘zining qanday ekanligiga ishonsa, shunday bo‘ladi: burgut bo‘lishiga ishongan burgutday, tovuqligiga ishongan tovuqday yashab o‘tadi.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments