TARIXIY SHAXSLARNING SO‘Z O‘YINI

Filosofdan so‘rashibdi:

–Omadga ishonasizmi?

– Albatta. Aks holda, yoqtirmaydigan odamlarimning muvaffaqiyatlarini qanday izohlar edim.

***

 Uinston Cherchill xalq orasida nutq o‘qir ekan, muxolif partiyadan bo‘lgan bir kishi unga jahl aralash shunday dedi: “Agar men sizning xotiningiz bo‘lganimda, qahvangizga zahar qo‘shib berar edim”. Cherchill xotirjamlik bilan shunday javob berdi: “Xonim, agar siz mening xotinim bo‘lganingizda men o‘sha qahvani aniq ichgan bo‘lar edim”.

***

Bernard Shou va Cherchill doimo bir-birlariga ilmoqli gap otib yurishar edi. Bir kuni Shou Cherchillga ikki kishilik taklifnomani ikki enlik xat bilan birga jo‘natibdi: “Siz do‘stingiz bilan birga kelishingiz uchun ikki kishilik chipta jo‘natdim, albatta, do‘stingiz bor bo‘lsa”. Bunga javoban Cherchill ham darrov javob yozibdi: “Konsertingizning birinchi kuni ishim bor, shu sababli ikkinchi kuni boraman, agar konsertingiz ikkinchi kun ham davom etsa”.

***

Bir filosofdan so‘rashibdi:

– Dunyo oyoqlaringiz ostidan oqib o‘tayotgan bo‘lishiga qaramay, nega bunchalik faqirsiz?

– Uni olish uchun egilish kerak, shuning uchun.

***

Quloqlari uzun bo‘lgan Galileo Galileydan uni mazaxlash maqsadida shunday savol so‘rashibdi:

– Janob, quloqlaringiz odam bolasi uchun biroz uzunroq emasmi?

– To‘g‘ri aytasan, meniki biroz uzun, lekin seniki bir eshak uchun ozgina kaltamasmi?

***

Mashhur shoirdan so‘rashibdi: “Siz veterinarmisiz?”. Shoir ham hech pinagini buzmay: “Keling, qayeringiz og‘riyapti?”-debdi.

***

O‘tmish podshohlaridan biri safarga chiqishdan oldin boradigan joylarini sir tutar ekan. Shunday safarlardan birida uning Bosh vaziri qayerga ketishayotganini qayta-qayta so‘rabdi. Shunda podshoh unga: 

– Sen sir saqlashni bilasanmi?

– Ha, albatta.

– Yaxshi. Men ham.

 

0 ta izoh

There are no comments