MANTIQ MAYDONI 1-2014

A. TESTLAR

1. So‘zlar kodlangan. Agar NAVO so‘zi 2134 va VODIY so‘zi 34597 shaklida kodlangan bo‘lsa, DIYDOR so‘zining kodlanishi quyidagilardan qaysi biri bo‘lishi mumkin?

A) 597543                       B) 593428

C) 5974548                     D) 597213

 

2. Agar o‘chirg‘ichni quti deb nomlasak, qutini qalam, qalamni qalamtarosh, qalamtaroshni sumka deb nomlasak, bolalar nima yordamida rasm chizishadi?

A) sumka                          B) o‘chirg‘ich

C) qalam                          D) qalamtarosh

 

3. Qandaydir kodlashda SYSTEM so‘zi SYSMET va NEARER so‘zi AENRER bo‘lib kodlandi. Shu kodlashda FRACTION so‘zi qanday kodlanadi?

A) CARFNOIT                    B) CARFTION

C) FRACNOIT                    D) ARFCNOIT

 

4. Rasmdagi erkak kishini ko‘rsatayotgan ayol shunday dedi: “Uning akasining otasi mening buvimning yolg‘izgina o‘g‘li bo‘lgan”. Ayol rasmdagi kishiga qanday qarindosh bo‘ladi?

A) xola                                 B) singil

C) qiz                                   D) amma

 

B. Mantiqiy savollar

1. Mo‘jiza

20 qavatlik uyning derazasidan tushib ketgan go‘dak tirik qoldi. Bu hodisa qanday sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin?

 

2. Stakanlar

6 ta stakan ketma-ket tizilgan bo‘lib, ularning ketma-ket uchtasida suv bor, keyingi uchtasi bo‘sh. Birgina stakanni joyidan qimirlatib, to‘la-bo‘sh-to‘la-bo‘sh-to‘la-bo‘sh ketma-ketligini hosil qila olasizmi? Qanday?

 

3.Nechta oyoq?

Komil ko‘l tomonga ketyapti. 25 o‘quvchi va 2 murabbiy unga qarama-qarshi yurib kelishmoqda. 10 ta ota-ona (ota yoki ona) ham ular bilan birga. 5 ta ona o‘zi bilan go‘daklarini ham olib yurishibdi. Bir murabbiyning kuchugi ham bor. Ko‘lga tomon harakatlanayotgan oyoqlar soni nechta?

 

4. Yugurish musobaqasi

100 metrga yugurish musobaqasida Adham, G‘afur, Murod va Bekzod ishtirok etishdi. Yugurish musobaqasi o‘rtachasini olish maqsadida ikki marta o‘tkazildi. Ikki musobaqada faqat  birgina ishtirokchi bir xil o‘rinni egalladi. Adham ikki safar ham oxirgi o‘rinni egallamadi. G‘afur ikki musobaqada ham Muroddan o‘zib keta oldi. Bekzod kamida bir marta g‘olib bo‘ldi. Adham musobaqalarning birida uchinchi o‘rinni egalladi. Murod ham, G‘afur ham ikkinchi o‘rinda yetib kelishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu ikki musobaqa natijalarini toping.

O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari

1. 5 soat 20 daqiqa

2. 4 ta

Archa bezatish

 

Yulduzcha

Ko‘k

Sariq

Yashil

Qizil

Pushti

 

qizil

yashil

qizil

yashil

qizil

 

yashil

pushti

pushti

ko‘k

ko‘k

 

pushti

ko‘k

sariq

sariq

sariq

Yangi yilcha sudoku

b-sudoku-answers.gif

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments