AJOYIB DIALOGLAR

– Endi, sichqoncha bilan ekranning o‘ng pastki burchagidagi soat belgisining yonida turgan kompyuter rasmining ustiga bosing.

– Soatning yonida mening erimning rasmi bor, kompyuter rasmi yo‘q.

***

– Ish stolida (rabochiy stol) nimalar borligini aytib yuborasizmi?

– Qahva finjoni, suv stakani, soat, ruchka… 

– Xonim, ish stoli deganda kompyuterning ekranini nazarda tutdim.

***

– Endi, aka, ish stolidan mening kompyuterim (moy kompyuter) ni ikki marta bosing.

– Men bu yerdan sening ish stolingdagi kompyuterni qanday bosaman?

***

Sinf xonaning doskasida I didn’t do that degan inglizcha yozuv bor.

– Orqamdan takrorlang. Ay didn’t du det!

– Ay didnt du to’rt.

– Siz o‘zi inglizcha o‘rganmoqchimisiz yoki yo‘qmi?

– O‘rganmoqchimasman.

– Unda bu yerda nima qilib yuribsiz?

– Axlat chelagini bo‘shatishga kirgan edim.

– Aytmaysizmi?

– ay dodint du…

– Uni emas, nega kelganingizni ayting.

– Axlat chelagini bo‘shatishga..

– E, bor-ey!

***

– Ustoz, kompyuter osilib qoldi.

– Ipini tez kes, o‘lib qolmasin.

***

– Ustoz, printer ishlayaptimi?

– Yo‘q, bugun ruxsat so‘ragan.

***

– Ustoz, internetga kirmoqchi edim. Kirsam maylimi?

– Albatta, kirishing mumkin, lekin bu ust-bosh bilan kirib bo‘lmaydi, almashtirishing kerak.

***

– Printerdan hujjat chiqarib olishim kerak edi.

– Yaxshi, 3-raqamli kompyuterga o‘tiring.

– Lekin buni men o‘zim bajara olmayman.

– Unda, yana bir-ikki o’rtog‘ingizni yordamga chaqiring.

***

– Mashina printerga jo‘natilgan ma’lumotning hammasini chiqarish kerakligini qayerdan biladi?

– Kabellar orqali his qiladi. Bu oddiy mashina deb o‘ylama, juda ham hissiyotli qurilma.

***

Kompyuter xonasida.

– Ustoz, siz kompyuterni bilasizmi?

– Yo‘q. Aslida men tikuvchiman, vaqt o‘tsin deb shu yerda turibman.

 

0 ta izoh

There are no comments