SHIRINLIKLAR

99754366.111488455.jpg

Yozgi oromgohda dam olayotgan o‘g‘liga onasi bir quti shirinlik yuboribdi. Bola  shirinliklardan bir qismini yeb, qolganini yotog‘ining ostiga yashirib qo‘yibdi. Ertasi kuni tushlikdan keyin bola palatkasiga kirib, qolgan shirinliklarni olib yemoqchi bo‘libdi. Lekin shirinliklar qutisi yo‘q edi.

O‘g‘irlikdan xabar topgan tarbiyachi bir kun o‘tib boshqa bir bolaning daraxt ostida o‘g‘irlangan shirinliklarni yeyayotganini ko‘rib qolibdi. Murabbiy emasmi, o‘sha bolaga boshqa o‘g‘irlik qilmaslikni o‘rgatishga qaror qilibdi. 

Tarbiyachi guruhga borib, shirinligini yo‘qotgan bolani chaqirib olib, unga shunday debdi: 

 - Abbos, men shirinliklaringni kim o‘g‘irlaganini bilaman. Sen menga o‘g‘irlik qilgan bolaga hayotidagi eng muhim darsni berishimizga yordamlashib yuborasanmi?

 - Albatta, yordam beraman, lekin u bola jazolanmaydimi?! - hayratlanib so‘radi bola.

 - Yo‘q, uni jazolash sendan nafratlanishiga olib keladi, xolos, - tushuntira boshladi murabbiy,- sen onangga telefon qilib, yana bir quti shirinlik yuborishini so‘ra. 

Abbosning oyisi ikki-uch kun o‘tib, boshqa qutida shirinlik yubordi. Murabbiy Abbosga: 

 - Pastda, ko‘l bo‘yida, sening shirinligingni o‘g‘irlagan bola o‘tiribdi. Hozir uning oldiga borgin-da, oying yuborgan shirinlikni bo‘lishib ye, - dedi.

 - Ammo, - e’tiroz bildirdi bola, - u o‘g‘ri-ku.

 - Bilaman, sen bir urinib ko‘r, nima bo‘lishini ko‘rasan.

Oradan chamasi yarim soatlar o‘tgach, ikki bola do‘stlashgan holda qaytishdi. Shirinliklarni o‘g‘irlagan bola jabrlanuvchiga oldingi shirinliklar evaziga o‘zining sevimli o‘yinchog‘ini berishga urinar, Abbos esa u shirinliklar o‘z ahamiyatini yo‘qotganini ta’kidlar edi…

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments