MANTIQ MAYDONI 26-2013

1. O‘yinchoqlar

Yangi yil yaqinlashgan sari Qorbobo o‘zining to‘rt nafar yordamchilari – elflar bilan birgalikda bolalarga o‘yinchoqlar tayyorlashmoqda. Ko‘k elf bir soatda 500 ta o‘yinchoqni taxt holga keltira oladi. Qizil elf ikki soatda 800 ta, Yashil elf yarim soatda 300 ta va Sariq elf bir soatda 750 ta o‘yinchoq tayyorlay oladi. Bu elflar 12 000 dona o‘yinchoq yasashlari kerak bo‘lsa, mazkur jarayon necha soat davom etadi?

 

2. Yangi yil sovg‘asi

Yangi yil kechasidagi bolalar uchun turfa sovg‘alar tayyorlab qo’yilgan bo‘lib, ular turli rangdagi qog‘ozlarga o‘ralgan. Qog‘ozlar unga o’ralgan sovg’alarning qiymatini ifodalaydi. Bitta qizil va ikkita ko‘k sovg‘ani ikki yashil sovg‘aga alishtirish mumkin. Bir yashil va bir sariq rangli sovg‘aning qiymati bir qizil va bir ko‘k rangli sovg‘aning qiymatiga teng. 2 sariq va bir qizil rangli sovg‘a birgalikda birgina yashil sovg‘a qiymatiga teng keladi. 

Savol: bir yashil sovg‘ani nechta sariq rangli sovg‘aga alishtirish mumkin?

 

3. Archa bezatish

Parkda beshta archa daraxti mavjud. Ulardan  har birining uchiga yulduzcha o‘rnatilgan bo‘lib, har bir yulduzchaning rangi turlicha: ko‘k, sariq, yashil, qizil va pushti. Har bir archa uch xil rangli chiroqlar bilan bezatilgan. Uchtasida ko‘k rangli chiroqlar, uchtasida sariq rangli chiroqlar, uchtasida yashil rangli chiroqlar, uchtasida qizil rangli chiroqlar, uchtasida pushti rangli chiroqlar ishlatilgan. Hech bir archada yulduzchaning rangidagi chiroqlar ishlatilmagan. Yulduzchasi sariq rangli archaga qizil chiroq ishlatilmagan. Pushti rangli yulduzchaga ega archada yashil chiroqlar ishlatilmagan. Qizil yulduzli archada esa pushti chiroqlar ko‘rinmaydi. Har bir daraxtga ishlatilgan ranglarni toping.

 

4. Yangi yilcha Sudoku

b-sudoku1 copy.jpg

O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari

A.

1. C

2. D

3. B
4. C
5. B
B. Farhod hamyoninini yo‘qotgani sababli u jabrlanuvchi. 
O‘g‘ri qora mashina haydaydi va ko‘k tufli kiyadi.
Ko‘k tuflili odam 86 kg va uning sochi qizil emas. 
Bilol jigarrang tufli kiyadi, Jonibek qizil sochli va Latif 95 kg va Bahrom yashil mashina haydaydi.
Demak, o‘g‘ri Ma’ruf ekan va u qora mashina haydaydi.
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments