MANTIQ MAYDONI 25-2013

A. Test ichida test

Quyidagi test savollariga to‘g‘ri javobni toping.

1. Ilk javobi B bo’lgan savol bu:

A. 1                  B. 4

C. 3                  D. 2

 

2. 4-savolning javobi

A. D                  B. A

C. B                  D. C

 

3. 1-savolning javobi 

A. D                  B. C

C. B                  D. A

 

4. Testdagi D javoblar soni

A. 3                  B. 2

C. 1                  D. 0

 

5. B javobga ega savollar soni?

A. 0                  B. 2

C. 3                  D. 1

 

B. Lift

Olti odam: Farhod, Latif, Bahrom, Ma’ruf, Bilol va Jonibek liftda ketishayotgan edi. 

Birdan liftning chiroqlari o‘chib qoldi. Chiroq yonganida esa Farhodning hamyoni yo‘qolgani bilindi. 

Masalani hal qilish uchun detektivlar yollandi. Ular liftdagilarni so‘roq qilishdi. U yerdagilar haqida 14 ta faktga ega bo‘lishdi, lekin bu ma’lumotlar bilan o‘g‘rini topa olishmas edi. Eng kuchli bo‘lgan detektivlar – siz, o‘quvchilar, o‘g‘rini topa olasizmi?

Odamlarning vaznlari, tufli, soyabon rangi, mashinasining rangi va sochlarining farqi turlicha

 

1. Pushti mashina egasi to‘q jigarrang tufli kiyadi.

2. 81 kglik odam yashil mashina haydaydi.

3. Bahrom yashil mashina haydaydi. 

4. Qora mashina egasi qora oyoq kiyim kiyadi.

5. 68 kglik odam to‘q jigarrang tufli kiyadi.

6. Ma’ruf pushti soyabon ishlatadi.

7. Jonibekning sochi qizil.

8. Latif 95 kg.

9. 86 kglik odam ko‘k rang tufli kiyadi.

10. Qizil sayobon egasining tuflisi qora emas.

11. O‘g‘ri qora tufli kiyadi.

12. 77 kgli odam oq mashina egasi emas.

13. Bilol jigarrang tufli kiyadi.

14. 86 kgli odamning sochi qizil emas.

 
O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari
1. 2-idishga ko‘proq suyuqlik ketadi.
2. 2
3. 3000 so‘m
4. C o‘quvchi shunday deydi: Agar mening qalpog‘im oq bo‘lganida A o‘quvchi jim turganidan (C oq bo‘lgan holda B ning qizil ekanligini ko‘rib, o‘ziniki haqida fikr yurita olmaydi) B o‘quvchi o‘zining qalpog‘i qizil ekanligini topgan bo‘lardi. Demak, mening qalpog‘im qizil.
5. Sentabr oyi 30 kundan iborat.
 

 

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments