INGLIZ TILI (Matnli testlarni yechishda nimalarga e’tibor berish kerak)

Quyida matnli topshiriqlarni bajarishdan avval bilishingiz lozim bo‘lgan ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilyapmiz. Bu testlarning mohiyatini va ularga qanday javob berish kerakligini tushunishingizga yordam beradi.

 

O‘qish malakalari

Abituriyentlar quyidagilarni bajara olishlarini ko‘rsatishlari lozim:

- Matnning umumiy g‘oyasini aniqlash.

- Matnda keltirilgan asosiy fikrlarni aniqlash.

- Matnda to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalanmagan fikrni aniqlash.

- Matnda keltirilgan aniq ma’lumotlarni topish.

- Berilgan kontekst asosida so‘z va ibora ma’nosini aniqlash (leksika)

 

Matnlar manbasi

Testlarni ishlab chiqish uchun matnlar entsiklopediyalar, badiiy asarlar, gazeta va jurnallar, sayohat broshyuralari, reklama va e’lonlar, kataloglar, internet, qo‘llanmalar va darsliklardan olingan. Bu matnlarning ba’zilariga qisman o‘zgartirishlar kiritilgan, ba’zilari esa asl holida, ya’ni o‘zgarishsiz qolgan. Matnlar turli mavzu va janrlarni o‘z ichiga olgan. 

 

Mavzular

Matnlar kundalik voqea-hodisalar hamda talabalar oliy ta’lim muassasasida o‘qish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan quyidagi mavzular bo‘yicha tanlangan:

- odamlar va jamiyat: taniqli kishilar, oila, ijtimoiy munosabatlar, emotsiyalar, binolar, transport, kundalik hayot;

- xorijiy mamlakatlar: qiziqarli joylar, madaniyat, tarix, sayohat;

- qonun va huquq tizimi;

- atrof-muhit: ob-havo, iqlim, muammolar, tabiat, hayvonot dunyosi;

- madaniy hordiq: sport, matbuot (yangiliklar, gazeta maqolalari va h.k.), hodisalar, xarid, kino va teatr, san’at va musiqa, adabiyot, hobbilar, fantastika;

- tabiiy fanlar: topilmalar va ixtirolar, sog‘liqni saqlash; oziq-ovqatlar, qishloq xo‘jaligi, sanoat va iqtisodiyot;

- ta’lim tizimi.

 

Test turi

Hozirgi paytda faqatgina muqobil javobli test topshiriqlaridan foydalanilmoqda. Muqobil javobli test topshiriqlarida savoldan keyin beriladigan 4 ta (a,b,c va d) javoblardan biri. Qoida bo‘yicha muqobil javoblar bitta to‘g‘ri javob va uchta noto‘g‘ri javobdan iborat bo‘ladi.

 

Topshiriq shartlari

Test topshirig‘iga javob berishdan avval topshiriq shartini o‘qib chiqishingiz juda muhimdir. U topshiriqni bajarish uchun nima qilish zarurligini tushunib olishingizga yordam beradi. Agar topshiriq shartini diqqat bilan o‘qimasangiz, siz noo‘rin tavakkalchilikka yo‘l qo‘ygan bo‘lasiz va bu o‘z navbatida testga noto‘g‘ri javob berishingizga sabab bo‘ladi.

 

Read the text. Then choose the correct answer to questions 1- 3.

Nowadays, in England, tea is quite the most popular, and also the cheapest, of all drinks. People drink their tea in different ways. Some like it with sugar, some without. Some drink it with milk, some with lemon; yet, one way or another just about everyone drinks tea. This, however, has not always been the case. During the last century, when tea was very expensive, it was kept locked up, and the lady of the house had the key. Tea drinking then was quite a ceremony, reserved for the evenings. At breakfast everyone drank beer!

 

1. Compared with the past, in England today … .

A) more and more people prefer tea to beer

B) tea is regarded as a luxury

C) tea is very cheap and commonly available

D) sugar is becoming less and less popular

 

2. It is obvious from the passage that … .

A) English people have always regarded tea as better than beer

B) over the years the popularity of tea in England has increased tremendously

C) drinking tea with lemon is only a recent habit in England

D) like tea, beer also is an extremely popular drink

 

3. In the passage it is explained that … .

A) in England today people have different habits of tea drinking

B) in the past in England only the wealthy were able to drink beer

C) at breakfast English people also like to drink beer

D) English people mostly prefer to have their tea in the evening

 

Test 1

Testdagi A) muqobil javobi noto‘g‘ri, chunki borgan sari ko‘proq odamlarni choyni pivoga qaraganda afzal ko‘rayotgani haqida matnda ma’lumot keltirilmagan.

Testdagi B) muqobil javobi noto‘g‘ri, chunki matn topshirig‘ida choyga odamlarning shu kundagi munosabati so‘ralgan. Javobda esa choyga odamlarning o‘tmish munosabati ifodalangan. 

Testdagi D) muqobil javobi noto‘g‘ri, chunki borgan sari shakarga talab kamayayotgani haqida matnda ma’lumot yo‘q.

Testdagi C) muqobil javobi esa to‘g‘ri javob, chunki matnda choyni shu kunlarda eng arzon ichimlik ekanligi va keng ko‘lamda iste’mol imkoni borligi haqida ma’lumotlar bor. Ushbu ma’lumotlar esa matn topshirig‘idagi choyni o‘tmish va ayni vaqtdagi holatini qiyoslab kelmoqda. 

 

 1. Compared with the past, (During the last century, when tea was very expensive, it was kept locked up, and the lady of the house had the key. Tea drinking then was quite a ceremony, reserved for the evenings.) in England today tea is very cheap and commonly available. (Nowadays, in England, tea is quite the most popular, and also the cheapest, of all drinks. . . . one way or another just about everyone drinks tea.)

Test 2

Testdagi A) muqobil javobi noto‘g‘ri, chunki inglizlar doimo choyni pivoga qaraganda yaxshiroq deb hosoblashgani haqida matnda ma’lumot keltirilmagan.

Testdagi C) muqobil javobi noto‘g‘ri, chunki matnda limonli choy ichish Angliyada yaqin vaqtdagi odat ekanligi haqida matnda ma’lumot keltirilmagan.

Testdagi D) muqobil javobi noto‘g‘ri, chunki pivo ham choy kabi juda mashhur ichimlik ekanligi haqida matnda ma’lumot yo‘q.

Testdagi B) muqobil javobi esa to‘gri javob, chunki matnda choy iste’moli shu kunlarda yuqori ekanligi, unga talab oshganligi mazmunida ma’lumotlar bor. 

 

2. It is obvious from the passage that over the years the popularity of tea in England has increased tremendously.

(Nowadays, in England, tea is quite the most popular, . . . . . . . one way or another just about everyone drinks tea).

A’zamjon RO‘ZIYEV 

Ingliz tili fani o‘qituvchisi

0 ta izoh

There are no comments