ZANJIR

il_fullxfull.194575983.jpg

Shunday odamlar borki, ular ayrim harakatlari bilan sirk fillarini eslatib yuborishadi. 

Hech e’tibor berganmisiz, hayhotday fil kichkinagina qoziqqa bog‘lab qo‘yiladi. Shunday katta, tonnalab yog‘ochlarni xartumi yordamida ko‘tara oladigan maxluq kichikkina qoziqda jimgina turadi. Nega?

Fil yangi tug‘ilgan vaqtida, hali kuchga to‘lmasidan avval, katta zanjir yordamida joyidan qimirlatib bo‘lmaydigan temir qoziqqa bog‘lab qo‘yilar ekan. U zanjirni uzib qochib ketishga qanchalik urinmasin, buni uddalay olmas ekan. Keyinchalik bu ishdan voz kechar ekan. Qanchalik kuchli bo‘lmasin, qochishga aslo urinmas ekan. Xulosa o‘zgarmas: “Uddalay olmayman, baribir iloji yo‘q”. 

Dunyoda bu filga o‘xshaydigan millionlab odamlar bor. Ular bog‘lab qo‘yilgan va ularga “Sen hech qachon uddalay olmaysan” , - deyilgan. Ularning ham ajoyib xayollari, orzulari bor, lekin o‘zgarmas xulosa ularni ortga tortib turadi.

Bugun siz cheklovlarni, to‘siqlarni buzib o‘ting. Siz o‘zingizdagi zanjirni uza olsangiz, kelajagingizda barcha to‘siqlar sizga yo‘l bo‘shatadi.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments