SEVGI

Uyidan yangi olgan yuk mashinasini tomosha qilish uchun chiqdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, uch yashar o‘g‘li qo‘lidagi mix bilan mashinani tirnar, unga gul solar edi. Kapoti har xil chiziqlar bilan to‘lib ketgan edi. Odam qattiq asabiylashdi va qo‘liga bolg‘achani olib, o‘g‘lining barmoqlarini kapot ustiga qo‘yib ura boshladi. Jajji bolakay, hali juda yosh emasmi, nima bo‘lganini bila olmay tinmay chinqirar edi. Birdan odam o‘ziga keldi va dahshat ichida o‘g‘lini tezda kasalxonaga olib bordi. Lekin barmoqlardagi barcha suyaklar sinib ketgani bois doktorlar ularni kesishga majbur bo‘lishdi.

Operatsiyadan keyin bola o‘ziga kelgach, qilgan ishi uchun dadasidan uzr so‘radi. Kunlar o‘tib o‘g‘ilcha otasiga shunday savol berdi: “Mashinangiz tuzaldi, mening qo‘llarim qachon o‘sib chiqadi?” 

Ota o‘z xatosini kechira olmadi. Alam o‘z joniga qasd qilish bilan nihoyasiga yetdi.

Ba’zan sevgan insonlarimiz sabrimizni tugatib yuborishadi. O‘sha paytda jahl bilan qilingan qarorlar bizning bir umrlik pushaymonligimizga sabab bo‘lishi mumkin. Mashinalar, hatto, undan qimmatbaho matohlar ham tuzaladi, o‘rniga boshqasi keladi. Lekin singan suyaklar…

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments