O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI

18-09-01.jpg

Yurtimizda avvallari O‘zbekiston Davlat san’at instituti va Toshkent Davlat madaniyat instituti faoliyat olib borar edi. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 4-iyundagi qaroriga asosan, bu ikki institut negizida O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi. 

Institutning asosiy maqsadi san’at va madaniyat sohasidagi yetuk mutaxassislarni yetkazib berish hisoblanadi. 

Quyida sizlarni ushbu oliy dargoh yo‘nalishlari va bu yo‘nalishlarning 2013-2014- o‘quv yili uchun qabul kvotalari bilan tanishtiramiz:

Aktyorlik san’ati (qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi) yo‘nalishiga 5 ta talaba grant asosida, 8 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Rejissorlik (estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi) yo‘nalishiga 4 ta talaba grant asosida, 8 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Xalq ijodiyoti (folklor-etnografik jamoalari rahbari) yo‘nalishiga 5 ta talaba grant asosida, 8 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Xalq ijodiyoti (xalq ashula va raqs ansambli rahbari) yo‘nalishiga 4 ta talaba grant asosida, 8 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Teatrshunoslik yo‘nalishiga 3 ta talaba grant asosida, 4 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi yo‘nalishiga 3 ta talaba grant asosida, 7 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati yo‘nalishiga 5 ta talaba grant asosida, 10 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Musiqiy teatr aktyorligi san’ati yo‘nalishiga 5 ta talaba grant asosida, 10 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi san’ati yo‘nalishiga 4 ta talaba grant asosida, 5 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Estrada aktyorligi san’ati yo‘nalishiga 5 ta talaba grant asosida, 10 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi yo‘nalishiga 4 ta talaba grant asosida, 6 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Televideniye va radio rejissorligi yo‘nalishiga 2 ta talaba grant asosida, 6 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Drama rejissorligi yo‘nalishiga 4 ta talaba grant asosida, 6 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Texnogen san’at: kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi yo‘nalishiga 2 ta talaba grant asosida, 4 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Kino-teleoperatorlik yo‘nalishiga 2 ta talaba grant asosida, 4 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Folklor-etnografik jamoalari rahbari yo‘nalishiga 7 ta talaba grant asosida, 18 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Vokal jamoalari rahbari yo‘nalishiga 6 ta talaba grant asosida, 14 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Xalq ashula va raqs ansambli rahbari yo‘nalishiga 7 ta talaba grant asosida, 18 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishiga 6 ta talaba grant asosida, 13 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.

Ushbu yo‘nalishlarning ayrimlariga institutning Nukus filiali ham talabalarni qabul qiladi.

Abituriyentlar yuqoridagi barcha yo‘nalishlarga Ona tili va adabiyot (3,1) hamda Tarix (1,1) fanlaridan test sinovi topshiradilar. Faqat test sinoviga qadar ular ijodiy ish imtihonini topshirishlari lozim. Bu imtihon 11-iyuldan  25-iyulga qadar davom etadi. Bu imtihonda abituriyentlar 75,6 ballgacha to‘plashlari mumkin.

Ijodiy ish topshirmagan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.

 

0 ta izoh

There are no comments