OG‘ANING ITI

Qishloqdagi bir og‘aning iti bor ekan. It juda aqlli ekan-u, lekin do‘mbira va karnayning ovozini eshitib qolsa bas, o‘zini o‘sha yoqqa urarkan. 

Bir kuni qo‘shni qishloqdan karnay bilan do‘mbira ovozi yangrab qolibdi. Buni eshitgan it o‘sha ovoz kelayotgan tarafga chopib ketibdi. Lekin u qishloqdagilar itning egasini o‘zlariga dushman sanashar ekan. Bu ishdan jahli chiqqan itning egasi qishloqning bir chetiga karnaychini, ikkinchi chekkasiga do‘mbirachini qo‘yibdi. Do‘mbirachi chalishni boshlaganda it u tomonga yugurib ketibdi. It yetib borganda do‘mbirachi to‘xtab, karnaychi chalishni boshlabdi. Bu ish to‘xtovsiz davom ettirilibdi: It do‘mbirachining oldiga borganda, karnaychi chalishni boshlar, it u yoqqa yugurib yetib borganida esa do‘mbirachi chalishga kirishar ekan.

It qishloqning u chetidan bu chetiga yugurib o‘rtada charchab yorilib ketibdi.

Bu dunyoda do‘mbira chalgan ham, karnay chalgan ham ko‘p. Asosiysi,  eshitilgan har bir ovozga yugurib bormaslik.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments