MANTIQ MAYDONI 24-2013

1. Ko‘proq suyuqlik

Quyidagi rasmda ikki parallelepiped shaklidagi idishlar ko‘rsatilgan. Bulardan qaysi biriga ko‘proq suyuqlik sig‘adi?

62-1.jpg

 

2. Kub

kub 1.jpg

Rasmdagi shakl buklanib, kub yasaldi. Quyidagilardan qaysi biri hosil bo‘lgan kubni ifodalamoqda?

kub 2.jpg    kub 3.jpg

 

3. Matematik sartarosh

Uch og‘ayni sartaroshxonaga kirib sochlarini oldirishibdi. Birinchi odam sochini oldirib bo‘lgach, xizmat haqi qancha bo‘lganini so‘ragan ekan, sartarosh: “Tortmani ochib, ichida qancha pul bo‘lsa, shundan 2000 so‘m olib ketaver”,-debdi. 

Sartarosh xuddi shu shartni 2- va 3- odamlarga ham aytgach, tortmani ochib qarasa, tortmasida 8000 so‘m pul turgan ekan. Boshida tortmada necha so‘m bo‘lgan?

 

4. O‘quvchi qayerdan bildi?

O‘qituvchi o‘zining uchta aqlli o‘quvchilarini doskaga chiqarib, ularga o‘z shartini aytdi: 

- Hozir mening qo‘limda beshta qalpoq bor. Ulardan 3 tasi qizil, ikkitasi oq. Men har biringizga bittadan qalpoq kiydiraman. Siz esa o‘zingizning boshingizdagi shapkaning rangini topishingiz lozim. Siz o‘rtoqlaringiz boshidagi qalpoqning rangini ko‘ra olasiz.

Shundan so‘ng  o‘qituvchi ularning har biriga qizil rangli qalpoq kiydirdi. Uzoq muddatli sukunatdan so‘ng o‘quvchilardan biri o‘z boshidagi qalpoqning rangini aytdi. U o‘quvchi buni qanday topgan?

 

5. Rasmdagi mantiqiy xatolikni toping.

ccf30102013_00005_copy_2.jpg
 
O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari
1. Jo‘xori
2. 14 (rasmdagi barcha kvadratlar soni)
3. 120
4. i harfi
5. 6
6. Pastdan ikkinchi qatorda, o‘ng tomondagi birinchi rasm
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments