MANTIQ MAYDONI 22-2013

1. Kuchukning tezligi

Kuchuk dumiga bog‘langan konserva bankasining ovozini eshitmaslik uchun kamida qanday tezlik bilan yugurishi kerak?

 

2. Hududlar

Qoraqalpog’istonda 6 ta, Samarqand, Farg’ona, Buxoroda 3 ta, Toshkent, Xiva, Xorazmda 2 ta. Savol: Popda nechta?

 

3. Rustamning qo‘lqoplari

Rustamning kiyimlar javonida 6 juft qora va 6 juft jigarrang qo‘lqop mavjud. Rustam tartibsizroq bo‘lgani sababli bu qo‘lqoplar bir-biriga aralashib yotibdi. Xonaning qorong‘uligini hisobga olgan holda  u bir xil rangdagi juft qo‘lqop olganiga to‘la ishonch hosil qilishi uchun nechta qo‘lqop olib ko‘rishi kerak bo‘ladi?

 

4. 1 so‘mlik pul

O‘zbekiston Respublikasining 1 so‘mlik pulida nechta “bir so‘m” degan yozuv bor?

 

5. Bir-biriga bog‘liq davlatlar

Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Keniya, Braziliya, Kongo, Zair. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?

 

6. Suza oladigan qush

U qush o‘z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig‘i u qush, shuncha tez suzsa ham, ucha olmaydi. U qaysi qush?

 

7. Zaharlangan alpinist

Alpinist qoyadan tushayotib o’zi bilmagan holda birvarakayiga ikkita zaharli ilon - kobra va yapaloq ilonni bosib oldi. Ilonlar ham qarab turarmidi? Darrov alpinistni chaqishga ulgurishibdi. Alpinist o’ta ehtiyotkor bo’lib, o’zi bilan ilon zahriga qarshi dori olib yurar ekan. Zaharga qarshi dorilarni ikkitadan - birini o’sha zahoti, ikkinchisini esa ertasiga ichishi shart ekan. Ya’ni  shartli ravishda, kobra zahriga qarshi dorini “K” deb, yapaloq ilon zahriga qarshi dorini “Y” deb belgilasak, ilon chaqqan zahoti “K” va “Y” dan bittadan, ertasiga ham yana bittadan tabletka ichishi kerak.

Alpinist “K” dori qutisidan bitta dori olibdi, “Y” dori qutisidan olayotib esa, ehtiyotsizlik qilib, kaftiga ikkita “Y” dorini tushirib yuboribdi. Qo’lida hammasi bo’lib 3 ta dori - 2 ta “Y” va 1 ta “K” dorisi bo’lgan alpinistning boshi qotibdi. Chunki dorilar tashqi ko’rinishi umuman farq qilmas ekan. (Alpinistda 2 dona “K” va 2 dona “Y” dorilari bo‘lgan). 

Siz unga qaysi dorini ichishni aniqlashda yordam bera olasizmi?

 

8. Qaysi so‘z?

Quyidagi rasmda bir inglizcha so‘z yashiringan. Shu so‘zni toping.

flower-scour-hidden-object-picture-puzzle.jpg

O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari

1. Biz

2. 46. (sonlarning kvadratlari xonalarining o‘rni almashtirib yozilgan)
3. 10
4. Tuxum hali yerga tushmagan. 
5. Toza odamni ko‘rgan kir odam men tozaman deb yuvinmagan, kir odamni ko‘rgan toza odam esa men ham kirman deb o‘ylagan.
6. A va C
7. Devorning ustida, daraxtlar orasida, boshi pastda, oyog‘i yuqorida turibdi.
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments