FOJIA ortidagi HIKMAT

1914-yilning dekabrida Tomas Edisonning laboratoriyasi sodir bo‘lgan yong‘in natijasida butunlay yo‘q bo‘ldi. Binodan ko‘rilgan zarar 2 million dollarni tashkil etar, aksiga olib, bu bino 238 000 dollarga sug‘urta qildirilgan edi. Edisonning xonumoni yong‘in alangalari ichra yo‘q bo‘lib ketayotgan edi.

Yong‘in davomida Edisonning 24 yoshli o‘g‘li Charlz tutun va kullar orasidan dadasini qidirar edi. Va nihoyat, u dadasini topdi. U xotirjamlik bilan yong‘inni kuzatar edi. Yong‘in uning yuzida akslanar, oppoq sochlari shamolda uchar edi.

Charlz o‘sha kunni shunday eslaydi: “Otamga yuragim achishib ketayotgan edi. U 67 yoshda, uning yoshligi o‘tib ketgan, kamiga butun mehnati kulga aylanayotgan edi. U meni ko‘rgach, mendan : “Oying qayerda?” – deya so‘radi. Bilmasligimni aytgan edim,  u onamni topib shu yerga olib kelishimni, umrining qolgan qismida bunday voqeaga qayta guvoh bo‘lmasligini aytdi”.

Ertasi kuni tongda Edison kul qo‘rg‘onga qarab shunday dedi: “Har bir fojiada katta hikmat bo‘ladi. Bizning barcha xato va kamchiliklarimiz yong‘inda yonib ketdi. Yaratganga hamd bo‘lsinki, biz barchasini boshidan boshlay olamiz”.

Shu voqeadan uch hafta o‘tgach olim o‘zining birinchi grammafonini xalqqa namoyish qila oldi.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments