FARQ

Abdulla bobo ikki nabirasini hayvonot bog‘iga olib boribdi. Bobo bolalari bilan chiptachining yoniga borib so‘radi: 

 - Kirish chiptasining narxi necha pul? 

Kassada o‘tirgan yosh yigit:

–  Olti yoshgacha bo‘lgan bolalarga bepul, olti yoshdan kattalar uchun 7000 so‘mdan. Sizning nabiralaringiz necha yosh? - deb so‘radi. 

 - Advokati 3 yosh, Doktori 7 yosh. Menimcha, sizga 14 000 so‘m berishim kerak, dedi bobo va aytilgan miqdordagi pulni yigitga uzatdi.

Chol va nabiralar chiptaxonadan uzoqlashishar ekan, yigit ularni savolga tutdi: 

 - Bobo, siz nega katta bolangizni 6 yosh deb, 7000 so‘mni o‘zingizda olib qolavermadingiz. Axir men buning farqiga bormas edim-ku?!

 - Gapingiz to‘g‘ri, lekin bu narsaning farqiga bolalar borishadi-da.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments