ENG MUHIMI NIMA?

Bir necha yillar avval Sietlda maxsus olimpiada o‘tkazilayotgan edi. To‘qqiz ishtirokchi yo jismoniy, yo aqliy zaif edi. Ular 100 metr masofani bosib o‘tishlari lozim edi. To‘pponchadan o‘q uzilgach, ularning barchasi masofani tezroq tugatish va g‘olib bo‘lish uchun finish chizig‘i tomon ishtiyoq bilan yugura ketishdi.

Shu payt ular ichidagi bir yosh yigit asfaltga qoqilib tushdi. Yerda bir necha marta ag‘anab olgach, ovozini balandlatib yig‘lay boshladi. 

Bolaning ovozini eshitgan sakkiz ishtirokchi sekinlab to‘xtadilar. Yetib borgan nuqtalaridan barchalari ortga qaytib kelishdi. Ulardan biri bolaning yuzidan o‘pib: 

- Hammasi yaxshi bo‘ladi, - dedi. Shundan so‘ng ishtirokchilar bolani yelkalariga olib bir chiziq bo‘lib finish sari yura boshlashdi. Natijada to‘qqiz ishtirokchi finish chizig‘ini bir vaqtda kesib o‘tishdi. Bundan ta’sirlangan tomoshabinlarning barchasi o‘rinlaridan turib 10 daqiqa davomida ularni olqishlab turishdi. 

Bu to‘qqiz kishi sog‘lig‘idan muammosi bor odamlar uchun eng muhimi g‘oliblik emas, sog‘liq ekanini barchaga ko‘rsatib qo‘yishdi.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments