DUNYONI O‘ZGARTIRMA

Qadim zamonda o‘lkasini adolat va yaxshilik bilan boshqaradigan qirol bo‘lgan ekan. Kunlarning birida u  o’z davlatining chetki qismlariga sayohatga chiqibdi. Safardan qaytib kelgach, oyoqlariga qattiq og’riq kirganini aytibdi. Buning sababi notekis va toshli yo‘llarda ko‘p yurishgani edi. Shu sababli qirol o‘lkasining barcha yo‘llarini qoramol terisi bilan qoplashni buyuribdi. Albatta, bu ish minglab qoramolning o‘limiga sabab bo‘lib, davlat budjetidan juda katta miqdorda pul talab qilar edi. 

Shunda qirolning aqlli vazirlaridan biri tilga kiribdi: 

 - Bir qoshiq qonimdan keching, shohim! Nega shunchalik ko‘p miqdordagi pulni yerga sochib yuborishimiz kerak? Siz shu terilardan bir bo‘lagini oyog‘ingizning tagiga o‘rab olsangiz bo‘lmaydimi?

Garchi bu odobsizlik qirolni biroz g‘azablantirgan bo‘lsa-da, juda ham foydali taklif edi. Shundan so‘ng shoh o‘z oyog‘iga oyoq kiyim tiktirib kiya boshlabdi.

Dunyoni go‘zal qilish uchun dunyoni emas, o‘zingizni, o‘zingizning qalbingizni o‘zgartiring.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments