BANDLIK

Burungi zamonlarda juda kuchli bir o‘tinchi bo‘lgan ekan. U o‘rmondan daraxt kesib kelib kun kechirar ekan.

Kunlarning birida u bir duradgor yoniga borib o‘zini ishga olishini so‘rabdi. Duradgor o‘tinchiga ish berib, yaxshigina maosh ham tayinlabdi. Daraxtlarni qanday va qayeridan kesish lozimligini ko‘rsatibdi va qo‘liga bolta beribdi. Ish sharoitlari ko‘ngildagidek bo‘lgani sababli o‘tinchi ham bor kuchini daraxt kesishga sarflabdi, ishtiyoq bilan ishlay ketibdi. 

Birinchi kuni 18 ta daraxtni kesib olib kelibdi. 

Duradgor: “Ofarin, shunday davom eting”-debdi.

Duradgorning so‘zlaridan ruhlangan o‘tinchi ertasi kuni yanada ko‘proq kuch bilan ishlagan bo‘lishiga qaramay, daraxtlar sonini 15 tadan oshira olmabdi. Uchinchi kuni yanada ko‘proq tirishibdi, biroq daraxtlar soni 10 taga ham yetmabdi. Kunlar o‘tgan sari o‘tinchining daraxtlari soni kamayib borar edi.

“Men o‘z kuchimni yo‘qotyapman” , - deya o‘ylagan o‘tinchi boshlig‘i oldiga uzr so‘rash uchun boribdi. 

 - Nega bunday bo‘layotganiga o‘zim ham tushuna olmayapman, - debdi o‘tinchi.

 - Siz oxirgi marta qachon boltangizni o‘tkirladingiz? – so‘rabdi boshliq.

– O‘tkirlash?... Men daraxtlarni kesish bilan qattiq bandligimdan o‘tkirlashga vaqt topa olmayotgan edim…

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments