“TOPILDIQ”

Erta bilan do‘kondan kelayotgan Sobirjonning ko‘zi yo’lak (podyezd) dagi e’longa tushdi: “Hurmatli qo‘shnilar! Bugun taxminan 9 larda eshik yonida 10 ming so‘m pulimni yo‘qotdim. Iltimos, topgan kishi 76-xonadonga berib qo‘ysin”. 

Sobirjon uyga kirgach, biroz o‘ylandi-da, kostumining cho‘ntagidan 10 ming so‘m olib, 76-xonadonga ko‘tarildi. Eshikni ochgan rus kampir Sobirjonning yelkasiga qoqib: “Ertalab do‘kondan kelayotib nafaqamdan qolgan pulimni tushirib qo‘yibman”, -  dedi. Ammo pulni olishdan bosh tortdi. Keyin bilsa, Sobirjon shu ikki soat davomida “babulya”ning pulini “topib olgan” oltinchi odam ekan! Qanday ajoyib odamlar bor-a!

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments