TAAJJUB

O‘rta yoshlardagi kishi bilan uning o‘g‘li vagonga chiqib joylashishdi. Poyezd jilgandan so‘ng yigit derazadan qo‘lini chiqardi-da hayajon bilan qichqirdi:

— Dada, qarang, daraxtlar orqaga ketishyapti!

Otasi jilmayib qo‘ya qoldi.

Yigitning yonida yoshgina er-xotin o‘tirishgandi. Ular kap-katta yigitning o‘zini yosh bolalarcha tutishidan hayratda qolishdi.

Birozdan so‘ng yigit yana baqirdi:

- Dada, anavi ko‘llarga qarang! Bulutlar ham poyezd bilan birga ketyapti!

Er-xotin nafaqat yigitning qiliqlaridan, balki otasining ham o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutishidan hayron edilar.

Bir payt mayingina bahor yomg‘iri yog‘a boshladi. Yigitning qo‘llariga tomchilar tushdi. U yana hayratini yashira olmadi:

— Dada, yomg‘ir! Ko‘ryapsizmi, dada?

Er-xotin o‘zlaricha yigitning otasiga yordam bermoqchi bo‘lib dedilar:

— O‘g‘lingizni biror yaxshi klinikaga olib borib ko‘rsatmaysizmi?

Otasi dedi:

— O‘zi bugun kasalxonadan chiqib kelyapmiz. Bugun o‘g‘lim birinchi bor yorug‘ dunyo bilan to’qnash kelyapti…

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments