SHER VA IT

Bir kuni dam olib yotgan sherning oldiga it kelib, uni jangga chaqirdi. Lekin sher uning gaplarini eshitmagandek bo‘lib yotaverdi. Shunda it jahli chiqib dedi:

— Agar men bilan jang qilmasang, men borib hamma do‘stlarimga: “Sher mendan qo‘rqdi”, - deb aytaman.

Bu gapga sherning javobi quyidagicha bo’ldi:

— Sher bo’la turib it bilan olishganimni ko’rishsa, mendan nafratlanishadi. Undan ko’ra bir itning meni qo’rqoqlikda ayblagani yaxshiroq.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments