“NIMA QILSANG, O‘ZINGGA QAYTADI”

Bu voqea XX asr boshlarida Shotlandiyada sodir bo‘lgan.

Daladan qaytayotgan fermer botqoqlik yonidan o‘tayotib dod-faryodni eshitib qoladi. Darrov yordamga shoshildi. Botqoqlikka bir bola tushib qolib, u cho‘ka boshlagan edi. Fermer yonidagi boltasi bilan shox kesib, bir amallab bolani qutqarib qoldi. Bechora bolakay qo‘rquv va sovuqdan dir-dir titrar edi…

Fermer bolani uyiga taklif qildi. Bola esa otasi xavotir olishini aytib, uyi tomon chopib ketdi.

Ertasi kuni ertalab fermerning uyiga qimmatbaho kareta kelib to‘xtadi. Undan tushgan odam qutqarilgan bolaning otasi ekan. U fermerga tashakkur aytgandan so‘ng so‘radi:

- O‘g‘limni qutqarganingiz uchun qancha pul beray?

- Hojati yo’q. Hamma ham shu ishni qilgan bo’lardi, - javob berdi fermer.

- Lekin men o‘g‘limni qutqarganingiz uchun sizni rozi qilishim kerak, - dedi kelgan mehmon.

Shu payt uydan bir bolakay chopib chiqdi.

- O‘g‘lingizmi? – so‘radi mehmon.

- Ha.

- Mana yechim, - quvonib ketdi mehmon. – O‘g‘limni qutqarganingiz uchun men sizning o‘g‘lingizni Londonga olib ketaman. U yerda yaxshi maktablarda o‘qitaman. U ham xuddi otasidek yaxshi insonligiga ishonaman. 

Shunday qilib fermerning o‘g‘li uzoq Londonga ketdi.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments