MANTIQ MAYDONI 20-2013

1. Ketma-ketlik

Ketma-ketlikning keyingi harfini toping.

 

B-I-U-T-B – ?

 

2. Nega o‘lmadi?

Odam, ko’p qavatli uyning 32-qavati derazasidan sakrashiga qaramay, o‘lmay qoldi. Bu voqea qanday sodir bo‘lishi mumkin?

 

3. Masofa

Kuchuk yigirma metrlik ipga bog‘langan bo‘lsa-da, bir tarafga 50 metr masofaga yugura oladi. Bu voqea qanday sodir bo‘lishi mumkin?

 

4. Sartarosh tanlash

Bir odam sartarosh qidirib mahallada yurmoqda. U mahallada ikki sartarosh bor edi. Ulardan birining xonasi ozoda, hamma narsa o‘z o‘rniga qo‘yilgan edi. Ikkinchisinikida esa olingan sochlar sochilib yotar edi. 

Odam nimagadir ikkinchi sartaroshni tanlabdi. Bu odam qanday mantiq asosida ikkinchi sartaroshni tanlagan?

 

5. Meros egasi

Bir boyning uch o’g’li bor edi. U umri nihoyasiga yetayotganini his qilgach, o‘zining barcha boyligini eng aqlli o‘g‘liga meros qilib qoldirishga ahd qilibdi. Eng aqlli o’g’li kim ekanini aniqlash uchun ularning har biriga 1 tilla tanga va bittadan xona berib, shu pulga xonalarni to‘ldirishni buyuribdi. 

Katta o‘g‘il bozordan somon sotib olibdi. O‘rtancha o‘g‘il bozordan devorni qoplab oladigan gul urug‘idan sotib olibdi.Kichik o‘g‘il esa ikki dona kichik narsa sotib olibdi.

Ota safardan qaytgach, qarasa, 1-xonaning bir burchagini somon egallab turgan, 2- xonaning esa bir yog’i gul bilan o‘ralgan edi. 

Kenja o‘g‘il o‘zi sotib olgan kichik narsalarini ishga solgan edi, uning mahsuloti xonani qamrab oldi. Kichik og‘il nima sotib olgan?

 

6. Rassom qayerda?

Quyidagi rasmda rasmni chizayotgan rassom yashiringan. Yashirin rassomni topishga urinib ko‘ring.

liebig-artist.jpg

O'tgan sondagi mantiq maydoni sahifasi

1. Abdulatif miloddan avval tug‘ilgan.
2. XIV
3. a) 1 b) 6 c) 12 d) 8
4. Iyul. O‘rtasidan kesilsa, “iyul” so‘zi hosil bo‘ladi.
5. A harfi.
6. Noto‘g‘ri.
7. 120

 

8. Asosiy qayiqchining chap oyog‘i pastida tutqichi turibdi. Qilich shimi bilan birgalikda yuqoriga ko‘tarilgan.

 

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments