YORDAM

Bir ko‘zi ojiz kishi yo‘lovchilar yo‘lagida o‘tirar va bir qog‘ozga «Mening ko‘zim ojiz, yordam beringlar!» deb yozib olgan edi. O‘tib ketayotgan kishilardan biri tilanchining shlyapasida atigi bir necha tanga borligini ko‘rib, rahmi kelibdi. Cho‘ntagidan bir necha tanga chiqarib shlyapaga tashladi. Keyin ruchkasini olib haligi qog‘ozning orqasiga bir necha so‘zni yozib, yana joyiga qo‘ydi.  

Oradan bir necha soat o‘tib, yana o‘sha yo‘ldan o‘tar ekan shlyapa pulga to‘lganini ko‘rdi. Ko‘r odam uning qadamidan tanidi va qog‘ozga nima deb yozganini so‘radi. U javob berdi: “Yolg‘on bo‘lgan narsani yozganim yo‘q. Faqat sal boshqacharoq yozdim, xolos”. Shunday deb jilmaydi-da, o‘z yo‘lida davom etdi. Qog‘ozda esa “Hozir bahor, ammo men uni ko‘ra olmayman” deb yozilgan edi.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments