VOZ KECHMASLIK

Bir odam uyining bog‘ida yer bilan bir bo‘lib yotgan qush inini ko‘ribdi. To‘fondan so‘ng, daraxt ustida turishi kerak bo‘lgan uya parchalanib yerda yotardi. 

Odam yerdagi inga ma’yus tikilib o‘yga toldi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, daraxtning shoxlarida qushlarning ovozi uning e’tiborini tortdi. Boshini ko‘tarib qarasa, qushlar yangi in qurishni boshlab yuborishgan ekan. To‘fon uylarini parchalab tashlagan bo’lsa-da, qushlar umidsizlik nimaligini bilmas edilar. To’fon qanday bo‘lishidan, necha marta ro’y berishidan qat’i nazar, qushlar o‘zlarida qaytadan boshlash jasorati va ishonchiga ega ekanliklarini ko‘rsatishgan edi.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments