TANQID

Er-xotin boshqa uyga ko‘chib o‘tishdi. 

Ertalab o‘rnidan turgan ayol derazadan qo‘shni xotin kir yuvib, dorga osayotganini ko‘rib, eriga dedi: 

- Qarang, buncha ham kiyimlarini yomon yuvarkan, shundoq kirligicha turibdi-ya?! 

Eri gazeta o‘qiyotganligi uchun uning gapiga e’tibor bermadi. 

- Balki, sovuni yomonroqdir yoki kir yuvishni bilmas. O‘rgatib qo‘yish kerak, 

shekilli, kir yuvishni. 

Shu tariqa har safar qo‘shni kir yuvsa, xotini uning kir yuvolmasligini gapiraverardi. 

Nihoyat, bir kuni tongda uyqudan uyg‘onib, derazaga qaradi-yu: 

- Tavba! Bo‘larkan-u, ana endi kir yuvishni o‘rganibdi! – dedi. 

- Yo‘q, - e’tiroz bildirdi eri, - men bugun ertaroq turib, derazalarimizni yuvib qo‘ygandim. 

 Hayot ham xuddi shunday! Voqeaga qanaqa derazadan qarashimizga bog‘liq. 

Birovni tanqid qilishdan oldin o‘zimizning qalbimiz va niyatlarimiz tozaligiga qaraylik!

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments