O‘SHA KUNI XOTIRJAM EDIM…

Tramvaydan tushgach, asta-sekin yurib ketayotgan edim. Men bilan birga tramvaydan tushgan uch odam diqqatimni tortdi. Eng oldindagi odam, xuddi orqasidan kimdir quvlayotganday, juda tez yurayotgan edi. U boshqa tushganlardan anchagina oldinlab ham ketdi.

 - Bu odam juda muvaffaqiyatli odam bo‘lsa kerak, - deya o‘yladim, - boshlagan har bir ishini oxiriga yetkazmay qo‘ymaydi.

Undan orqaroqda boshqa bir odam sokinlik bilan yurib borardi.

 - Bu odam ham hayotda nimalargadir erisha oladigan odam bo‘lsa kerak, - deya pichirladim.

Eng orqadagi odam esa juda xotirjam edi. Hayotda hech bir maqsadi yo‘q odamday atrofga alanglab yurar edi. 

 - Bunisi – hayotda hech narsaga yaramaydigan odam , - degan fikr keldi xayolimga. 

Shularni o‘ylar ekanman, o‘zimning ularning barchasidan orqada ekanligimni sezib qoldim.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments