MANTIQ MAYDONI 19-2013

1. Yosh muammosi

Abdulatif 2001-yilda 10 yosh bo‘lsa-da, 2006-yilda 5 yosh bo‘lgan. Bu hodisa qanday sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin?

 

2. Gugurtlar ustida amal

mant1.jpg

Rasmdagi gugurtlarning joyini shunday o‘zgartiringki, natijada 16 soni hosil bo‘lsin.

 

 

 

3. Kubchalar

Katta kubning barcha sirtini qizil rangga bo‘yagandan so‘ng bu kub 27 ta teng kubchalarga bo‘lindi. 

a) Nechta kubchaning hech bir tomoni qizil emas?

b) Nechta kubchaning faqat bir tomoni qizil?

c) Nechta kubchaning ikki tomoni qizil?

d) Nechta kubchaning uchta tomoni qizil?

 

4. Qaysi oy?

Quyidagi rasmda yil oylaridan biri yashiringan. Bu qaysi oy?

mant2.jpg

 

5. Omadning boshlanishi

Ahmoqlikning boshlanishi - tog‘oraning oxiri. Barcha abadning boshi -  shajarning so‘ngi. Nima haqida gap ketmoqda?

 

6. Noto‘g‘ri 

O‘zbek tilida doimo noto‘g‘ri talaffuz qilinadigan so‘zni toping.

 

7. Uyni bo‘yash

O‘n odam 60 ta uyni 120 kunda bo‘yab bo‘lishadi. 5 ta odam 30 ta uyni necha kunda bo‘yab bo‘ladi?

 

8. Yashirin jismni toping.

Rasmdagi qayiqchining qilichi yashirilgan. Qilich qayerda ekanligini toping.

drapkin1.jpg

O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari

1. Sanani ketma-ket yozib chiqqanda raqamlar ketma-ketligi sodir bo‘ladi: 12:34, 5/6/78 (12345678)

2. Chunki kvadrat yoki to‘rtburchak shaklidagi qopqoqlar teshikka diagonal shaklida pastga tushib ketishi mumkin. Doira shaklidagisi esa hech qachon tushib ketmaydi.
3. 8
4. 5
5. 111
6. b
7. Xo‘rozning panjasida parda bo’lmaydi.
 
 
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments